Xitoy bulutlarni ham boshqarishni rejalashtirgan

Xitoy borgan sari ildamlab bormoqda: dunyo davlatlari orasida katta kuchga aylandi endi u ob-havoni boshqaradi. Rejaga ko‘ra, Pekin 2025 yilga qadar maqsadiga erishmoqchi deb yozilmoqda mana bu havoladagi nashrda.

Xitoy davlati qurg‘oqchil hududlarda yog‘ingarchilikni ko‘paytirish va o‘rmon yong‘inlarini nazorat qilishi hamda potensial yong‘in xavfi bo‘lgan hududlarda sun’iy sug‘orish ishlarini olib borishni rejalashtirmoqda.

Pekin bulutni 5,5 million kvadrat kilometrdan ortiq maydonni kumush mikrozarrachalar bilan changlatish orqali boshqaradi – bu butun Janubi-Sharqiy Osiyodan ko‘proq maydon demakdir. Shunday qilib, XXR tabiiy ofatlarga qarshi kurashmoqchi.