Jahon iqtisodiyoti 2020: raqamlardagi kapitalizm

2020 yilda Markaziy banklar aktivlari o‘sishi global moliyaviy inqiroz davriga qaraganda 2 barovar ko‘p bo‘ldi.

Atlantika kengashining sharhiga ko‘ra, so‘nggi sakkiz oy ichida dunyo markaziy banklarining aktivlari 7 trillion dollarga o‘sgan. Ushbu miqdor 2008-2009 yillardagi global moliyaviy inqiroz davrida markaziy banklar aktivlari o‘sishidan ikki baravar ko‘p demakdir.

☑️Bank regulyatorlari hozirgi vaqtda barcha rivojlangan iqtisodiyotlarda xususiy va davlat sektori qimmatli qog‘ozlarini bir martalik sotib oluvchilar hisoblanadi. Xaridlar moliyaviy barqarorlikni taʼminlaydi, ammo pandemiya zaiflashib borishi bilan pul-kredit siyosati va miqdoriy yumshatish xatarlari haqida jiddiy savollar tug‘diradi, deydi tahlilchilar.

☑️ Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra dunyo bo‘ylab 115 milliondan ortiq odam qashshoqlikka mahkum.

☑️ “pandemiya” davrida Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVF) 83 mamlakatga 100 milliard dollardan ziyod yordam ko‘rsatdi.

☑️ 75 ta eng qashshoq davlatlar global yalpi ichki mahsulotning taxminan 3% ni tashkil qiladi va ularning umumiy qarzi 1 trillion dollardan sal ko‘proq.

☑️ 2020 yilda Xitoyda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 1,9 foizni tashkil etadi.

☑️JP Морган Часе Банк 2020 yil davomida har kuni 2,8 trillion dollarlik elektron to‘lovlarni amalga oshirdi, bu bir haftalik AQSh YAIMga teng.

☑️ O‘rtacha daromadli mamlakatlarning “pandemiya” dan umumiy zarari 6,8 trln. Shu bilan birga, maktablarning yopilishi sababli jismoniy shaxslarning taxminiy daromad yo‘qotishi 6777 dollarni tashkil etdi.

☑️ 2020 yil noyabr oyiga kelib Qo‘shma Shtatlarda uzoq muddatli ishsizlik 4 million kishiga yetdi, bu umumiy ishsiz aholining taxminan 37 foizini tashkil etadi. Bu 27 hafta yoki undan uzoq vaqt davomida ishsiz bo‘lgan odamlar xisoblanadi.

☑️ AQShda o‘rtacha ishsizlik 13,3% ni tashkil etmoqdi. Irqlar kesimida ko‘rib chiqilsa ishsizlik: ispanlar 17,6%, afroamerikaliklar 16,8%, osiyolik amerikaliklar 15%, oq tanlilar 12,4%.