Armaniston va Ozarbayjon qurbonlar haqida maʼlumot berdi

Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘dagi janglarda halok bo‘lgan 2858 ozarbayjonlik harbiy xizmatchi jasadiga aniqlik kiritilgan.

Qurbonlarning jasadlari ularning oilalariga topshirildi, deyiladi Ozarbayjon Bosh prokuraturasi saytida.

Armaniston tomonidan 3439 askar vafot etgan, ammo ularning 766 nafari shaxsi aniqlanmagan.

Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar 2020 yil 27 sentyabrdan 9 noyabrgacha davom etdi. 2020 yil 10 noyabrda tinchlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi, unga ko‘ra Boku jang paytida bosib olingan barcha hududlar ustidan nazoratni saqlab qoldi.