Angliya va Yaponiya Xitoyga qarshilik ko‘rsata oladimi?

Angliya va Yaponiya Xitoyni to‘xtata oladimi? Buyuk Britaniya va Yaponiya o‘tmishdagi imperiyalar va hozirgi nominal monarxiyalar, Tinch okeanidagi umumiy tahdidga qarshi  kurashishda birlashishga qaror qildilar. Ularning fikriga ko‘ra, iqtisodiy va harbiy kuchga ega bo‘lgan Xitoyni “ushlab” qolish kerak.

Yaponiya Sindzo Abening bosh vazirligi davridan (2012–2020) beri, erkin va ochiq Hind-Tinch okeani mintaqasi strategiyasini “Pekinning dengiz va iqtisodiy ambitsiyalarini jilovlashga qaratilganini” yashirmay targ‘ib qilib kelmoqda.

Londonda xitoylarga qarshi choralar so‘nggi paytlarda tobora ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.

Gonkongdagi Xitoyga qarshi namoyishlar Angliyaga baland ovoz bilan o‘zini ko‘rsatish va xalqaro obro‘sini qaytarish imkoniyatini berdi. Muvaffaqiyatsiz BREXIT va Kovid bilan bog‘liq umidsiz vaziyat tufayli sezilarli darajada pasaygan reytingi uchun yaxshi bir sabab bo‘ldi.

Xitoyda Gonkong milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun qabul qilingandan so‘ng, Britaniya hukumati bu harakatni qoraladi va Pekinni XXRning ushbu maxsus hududining “avtonomiyasini buzganligi” uchun tanqid qildi. Boris Jonson Gonkonliklarga Buyuk Britaniya fuqaroligini berishga vaʼda berib, sobiq mustamlaka bilan ekstraditsiya to‘g‘risidagi shartnomani to‘xtatdi va unga qarshi qurol embargosini uzaytirdi.

2015 yilda Buyuk Britaniya Yaponiyani “Osiyodagi eng yaqin xavfsizlik sherigi” sifatida eʼlon qilgan edi. Biroq, o‘sha paytda Londonning bu chaqirig‘i Tokio tomonidan eʼtibor berilmagan edi, chunki u Angliya o‘zining iqtisodiy manfaati uchun Xitoy bilan “kelishib” ishlayapti deb gumon qilgan.

Yaponiya Angliyaning “Osiyo infratuzilmasining investitsiya bankiga qo‘shilgan birinchi Yevropa davlati bo‘ladi” degan eʼlonini yaponlar Yaponiya yoqtirmaydigan “Bir belbog‘, bir yo‘l” megaproyektini moliyalashtirish uchun qo‘shilgan deb baholagan.

Endi esa, London o‘z hukumatining tashqi siyosati borasidagi asosiy tamoyillariga qarshi chiqib Xitoyning olib borayotgan bir qancha siyosiy “ishlaridan” xavotirda. Pekinning Janubiy Xitoy dengizi bo‘yicha kengayib borayotgan daʼvolari, Gonkongdagi harakatlari, Shinjondagi musulmon ozchilikka qarshi inson huquqlari buzilishi va COVID-19 tarqalishidagi shaffoflikning yo‘qligi Britaniyaning Xitoyga qarshi kayfiyatini yana-da kuchaytirdi.

Britaniya parlamentida Xitoy bilan mavjud diplomatik va iqtisodiy aloqalarni ko‘rib chiqish uchun partiyalararo tadqiqot guruhi tashkil etildi.

2021 yilda Vashington tomonidan olib borilgan harakatlar tufayli Tokio va London birgalikda Xitoyning harbiy kuchlarini jilovlash maqsadida janubiy Yaponiya orollari hududida uchta davlat dengiz kuchlarining qo‘shma mashqlari bo‘ladi. Angliya birinchi marta u yerga Queen Elisabeth samolyot tashuvchisida uchuvchilar guruhini yuborishni rejalashtirmoqda.

Bu munosabatlarning muhim siyosiy o‘zgarishi deb ataladi.