Boris Jonson: “Sudning Navalniy bo‘yicha qarori – odil sudlovning asosiy standartlariga javob bermaydigan o‘ta qo‘rqoqlik”

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson o‘zining tvitterida Aleksey Navalniyga belgilanganni shartli jazoni haqiqiy qamoq muddati bilan almashtirish qarorini qoraladi.

Jonson Navalniyning o‘z vataniga qaytish qarorini dadil harakat, Rossiya hukumatining harakatlari qo‘rqoqlik, – deb atagan.

“Navalniyning zaharlanganidan so‘ng Rossiyaga qaytish qarori chinakam jasur va fidoyi harakat bo‘ldi. Aksincha, sudning bugungi qarori o‘ta qo‘rqoqlik va odil sudlovning asosiy meʼyorlariga javob bermadi. Aleksey Navalniy zudlik bilan ozod etilishi kerak “, deb yozdi Jonson.

Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Navalniyni zudlik bilan ozod qilinishini talab qilgandi. AQSH va Germaniya ham Navalniyning ozod qilinishini talab qilmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu chaqiriqlarga javoban suveren davlat ishlariga aralashish kerak emasligini eʼlon qildi.

O‘z navbatida Navalniyning advokatlari, “Iv Roshe” ishi bo‘yicha Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi qarori Rossiya hukumati tomonidan ijro etilmaganligi to‘g‘risida Yevropa Kengashi Vazirlar Qo‘mitasini xabardor qilishlarini taʼkidladilar.

Navalniyning shartli qamoq jazosi o‘rniga – 2 yil 8 oy umumiy rejimdagi koloniya jazosi tayinlandi va FSINning arizasi to‘liq qondirildi.

“Bu zaharlangandan so‘ng tirik qolgani, bu holatni tekshirib FSB qotillarini fosh qilgani, qo‘rqmagani va Rossiyaga qaytgani uchun Putin va uning atrofidagilarni korrupsiyasini tekshirgani uchun VVP ning shaxsiy qasosidir”, – deyiladi shtab bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Navalniyga hukmni eʼlon qilish arafasida politsiya Moskvadagi Qizil maydon va Sankt-Peterburgdagi Saroy maydonini o‘rab oldi. Umuman olganda, mamlakatda 2 fevral kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlarga aloqador 1408 kishi hibsga olindi.