Dunyoga mashhur brendlar O‘zbekistonni tanlayapti, nima uchun Qozog‘iston emas?

Dunyoga mashhur Nike, Adidas, Apple brendlari, shuningdek, kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or buyumlari chakana savdosi bo‘yicha yetakchi – Ispaniyaning Inditex korxonasi O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Nima uchun brendlar Qozog‘istonni tanlamayapti? Orda internet nashrida chiqqan tahliliy maqola bilan quyida tanishishingiz mumkin.

So‘nggi bir yil ichida bir qator jahon kompaniyalari ishlab chiqarish uchun qo‘shni mamlakatni tanladilar. Yaqin kelajakda Toshkentda Apple ofisining ochilishi kutilmoqda. So‘nggi bir yarim yil ichida bir nechta yirik korporatsiyalar O‘zbekistonda rasmiy ravishda soliq to‘lovchilar sifatida ro‘yxatdan o‘tdilar. Bular Netflix, Google Commerce, Google Ireland, Google Voice, Samsung Electronics, Сleverbridge, Xsolla, Activision Blizzard International. Apple Distribution Internationa ushbu ro‘yxatga o‘tgan yilning aprel oyida qo‘shilgan.

Nike

O‘tgan yilning kuzida Nike World Headquarters bilan kelishuvga erishilgani maʼlum bo‘ldi.

Dunyodagi eng yirik sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi, Amerikaning ko‘p millatli Nike World Headquarters, Nike, Converse va Jordan brendlariga egalik qiladi. O‘zbekistonda Andijon viloyatidagi SinoInternational korxonasi asosida yiliga 3 million juft poyabzal ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ishlab chiqarish autsorsing asosida amalga oshiriladi.

2020 yilda Nike Inc. rekord darajaga yetdi. Pandemiya va tahlilchilarning prognozlariga qaramay, kompaniya aksiyalari o‘tgan yilning ikkinchi choragidan boshlab o‘sishni ko‘rsatmoqda. Nike maʼlumotlariga ko‘ra, real sotuvlar avgustdan noyabrgacha 8,9 foizga o‘sib, 11,2 milliard dollarni tashkil etdi.

Adidas АG

Yevropadagi eng yirik sport mollari ishlab chiqaradigan kompaniya va dunyoda Nikedan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Bosh qarorgoh Germaniyaning Xersogenaurax shahrida joylashgan.

Adidas Group Reebok ва Runtastic brendlariga egalik qiladi. Yaqinda kompaniya Reebok brendi sotilishini eʼlon qildi.Adidas poyabzal brendini O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar ikki yildan beri olib borilmoqda. O‘tgan yilning kuzida “O‘zcharmsanoat” korxonasi Germaniya sport giganti bilan shartnoma tuzganligini eʼlon qildi. Poyabzallar SinoInternational korxonasida ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Faqat o‘tgan yilning birinchi yarmida kompaniya 8,3 milliard yevro miqdorida sof foyda oldi. Ikkinchi chorakdagi daromad esa pandemiya va savdo hajmining keskin pasayishiga qaramay tahlilchilar prognozlaridan ustun keldi.

Inditex korporatsiyasi

Ispaniyaning Inditex  kompaniyasi Massimo Dutti, Zara, Pull & Bear, Oysho, Bershka, Stradivarius, Uterque, Zara Home brendlari bilan dunyodagi eng yirik chakana savdo olib boruvchi hisoblanadi.

96 mamlakatda ikki mingdan ziyod do‘koni va 18 milliard yevrolik tovar aylanmasi bo‘lgan kompaniya O‘zbekistondagi korxonalar bilan hamkorlik qilmoqchi. Kelishuvlarga “O‘ztekstilprom” uyushmasi bilan ikki yillik muzokaralar davomida erishildi. Pandemiya boshlanishidan avval Inditex vakillari qo‘shni davlatga (yaʼni O‘zbekistonga) amaliy tashrif bilan bordi.

Inditex pandemiya oqibatlarini muvaffaqiyatli bartaraf etdi. Faqat o‘tgan yilning uchinchi choragida sof foyda 866 million yevroni tashkil etgan.

O‘zbekiston korporatsiya do‘konlari uchun tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Apple

Toshkentda Markaziy Osiyodagi birinchi Apple STORE  ofisi ochiladi. Bu haqda yanvar oyi boshida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Apple kompaniyasining bosh ofisi Kaliforniya shtatining Kupertino shahrida joylashgan. O‘tgan yilning sentyabr oyi oxirida Apple kompaniyasining bosh direktori Tim Kuk kompaniyaning rekord daromadlari haqida eʼlon qildi. Dunyo miqyosidagi lokdaun holatiga qaramay, 64,7 milliard dollarlik sof daromad bilan eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi.

Nima uchun investorlar qo‘shnimizni tanlamoqda?

Siyosatshunos Doniyor Ashiboyev mamlakatda iqtisodiy dasturlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishining asosiy sabablarini aytib o‘tdi.

O‘zbek paxtasi + taʼlimi

“O‘zbekiston dunyodagi eng yirik paxta ishlab chiqaruvchilardan biri. Toshkentda yaxshi muhandislik bazasi va yetarlicha kuchli texnik maʼlumot berish bo‘yicha tajriba bor qolaversa, yengil sanoat mutaxassislarini tayyorlash taʼlimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. “

• Ishchi kuchi + intizom + sanoat

Siyosatshunos shuningdek alohida, juda arzon ishchi kuchi, harakatchanlik, mehnatga yo‘naltirilgan mentalitet, amaliy intizomni taʼkidladi. Ashimboyevning so‘zlariga ko‘ra, boshlang‘ich sharoitlari taxminan bir xil bo‘lganligigaqaramasdan Toshkent Turkiston viloyatining sobiq markazi Olmaotaga qaraganda ancha rivojlangan shahar bo‘lgan.

“Agar bir paytlar bizning xomashyo sanoati korxonalarimiz ko‘proq rivojlangan bo‘lsa, qo‘shnilarimiz to‘qsoninchi yillarning o‘rtalarida avtomobilsozlik sanoatini yaratish tajribasiga ega edilar”.

• davlat tomonidan qatʼiy tartibga solish

Ashimbayev, shuningdek, juda qattiq va kuchli davlat reglamentini muhim deb hisoblaydi.

«Prezident Mirziyoyev iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha ko‘rgan choralari, O‘zbekiston va Qozog‘istonni taqqoslaganda, Toshkentga katta afzalliklarni berdi. Shu bilan birga, bizga etishmayotgan, “texnik jihatdan ko‘proq tayyorlangan, mobil ishchi kuchi, barqaror qonunchilik va islohotlarning ketma-ketligi” kabi barchasi ularda yo‘lga qo‘yilgan».

• Korrupsiyaga qarshi kurash

“Korrupsiyaga qarshi qattiq kurash va investorlarni qo‘llab-quvvatlash. Karimovlar oilasi aʼzolari bilan bog‘liq ko‘plab shov-shuvli mojarolar bo‘lgan. Bu bosqinlar, hujumlar, biznesni olib qo‘yish va boshqa janjallar … Ammo ular to‘siq bo‘lmadi.”

• Diniy ekstremizmga qarshi kurash

“Diniy ekstremizmga urinishlar Andijon voqealaridan keyin, hatto Karimov davrida ham ancha qattiq bostirilgan. Diniy ekstremizmga qarshi kurash kuchaytirildi va hozirda O‘zbekistonda juda qattiq nazorat ostida. Bu muhim haqiqat. Bu katta xorijiy investorlarni qo‘rqitishi mumkin”.

Siyosatshunosning fikricha, Qozog‘iston va O‘zbekistonning raqobatbardosh afzalliklarini hisobga olgan holda, nima uchun eng yirik transmilliy korporatsiyalar O‘zbekistonni tanlagani aniq bo‘ladi.

davlat dasturlarini amalga oshirish

«Biz modernizatsiya va innovatsion rivojlanish dasturimiz qanday muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ko‘rdik. Boshqa ko‘plab dasturlarni ham. Ishoning, buni xorijiy investorlar ham ko‘rishmoqda. Keyingi davlat dasturining qanday amalga oshirilganligi haqida maʼlumot yo‘q. Dastur tugadi, yangisi qabul qilinmoqda. U qanday amalga oshirilgani, unda nima qurilgani, ishga tushirilgani va unga qurilgan narsalar ishlayaptimi, yumshoq qilib aytganda, qayd etilmaydi. Shuning uchun, ular biz falonchi obyektni qurdik va u ishlaydi, deyishganda, savol tug‘iladi: nega bunday narxda (qimmat), go‘yo har bir yong‘oq olmosdan yasalgani kabi. Yaʼni amalga oshirilgan ishlarning narxi, olingan natija-foydaga yetarli (teng)emas.”

• qonunchilikning beqarorligi

«Qonunchilik barqarorligi faktlari bo‘yicha Qozog‘iston ham maqtana olmaydi. Soliq kodeksiga tuzatishlar deyarli har hafta amalga oshiriladi. Besh yil ichida Tadbirkorlik kodeksiga 40dan ortiq o‘zgartirishlar kiritildi. Qonunchilik doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bundan tashqari, xorijiy reyting agentliklari hujjatlarida taʼkidlanganidek, Qozog‘iston qonunchiligi, ayniqsa fiskal, teskari yo‘nalishda o‘zgarishga moyil. Yaʼni, normalarni 2021 yildan emas, balki, masalan, 2018 yildan boshlab kiritish mumkin “.

“Endi, O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha katta bashorat qilish qiyin, ammo biz shuni ko‘rib turibmizki, Prezident Mirziyoyev avval o‘rnatilgan qattiq chegaralarni yumshatib, o‘z mamlakatini yangi sanoat tarmoqlari va yuqori texnologiyalar, qayta ishlab chiqarish sanoati hamda ijod sohasidagi yo‘nalishlarni investorlar uchun yana-da jozibador qilmoqda.”

Buning uchun barcha zarur bazalar O‘zbekistonda taʼminlangan. Qardosh mamlakatning yaxshi istiqbollari bor.

«Muammo shundaki, masalan, biz xom ashyoga qaramligimizdan xalos bo‘lmadik. Qozog‘istonda xomashyo bo‘lmagan eksportning o‘sishi doimiy ravishda qayd etiladi. Sanoatlashtirishning asosiy ko‘rsatkichi. Ammo eʼtibor bering, u dollar va foizlarda o‘lchanadi. Ammo bo‘laklarga bo‘lingan dona holda esa maʼlumot berilmaydi… Kim chet elga eksport qilinadigan kamida o‘nta xom-ashyo bo‘lmagan tovarlarni nomini aytib berishi mumkin? Oziq-ovqat sanoatidan boshqa biror tayyor mahsulotni sanab berish mumkinmi? Ha, bizda Stepnogorskda podshipniklar zavodi, Kentauda transformatorlar zavodi, Taldiqo‘rg‘onda akkumulyatorlar zavodi va Olmaotada zavod bor, oxirgisi bundan mustasno, ammo bu zavodlarning barchasi uzoq Sovet tarixiga ega. “

Aslida 30 yil davomida yangi sanoat tarmoqlari yaratilmadi. Qozog‘iston birinchi va ikkinchi qayta ishlash xom ashyosini eksport qilishni davom ettirmoqda.

Ashimbayevning so‘zlariga ko‘ra, agar biz 90 yillarning o‘rtalarida Qozog‘istondagi ishlab chiqarish obyektlarining sonini eslasak, hozirda ana o‘sha yuzlab zavodlar, shunchaki, mavjud emas.

«Bu mashinasozlik, yengil sanoat va oziq-ovqat mahsulotlariga taalluqlidir. Qozog‘iston shunday total deindustrializatsiya qildi. Hozir ko‘plab fabrikalar savdo markazlariga aylanib, o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Masalan, ADK. Savdo markazini hamma biladi, ammo uning Olma-ota uy qurish kombinati ekanligini hech kim bilmaydi. O‘zbekistonda ham 90 yillarda ko‘plab sanoat tarmoqlari yopildi. Biroq, Mirziyoyev kelishi bilan vaziyat o‘zgarib bormoqda.”

Ko‘ryapmizki, endi qo‘shnilarimiz “jimgina” yangi iqtisodiyotni muammosiz ravishda qurishmoqda. Bu mamlakatimiz uchun juda achinarli saboq.

«Qisqa vaqt ichida ular oldinga katta qadam tashladilar. Qozog‘iston boy mamlakat ekanligi aniq. Ammo u xom ashyo, metallarga, neftga, uranga boy … Masalan, bizning qishloq xo‘jaligimiz ishlab chiqarish va eksport qilish uchun katta istiqbolga ega bo‘la turib, ishlamay moslashishda davom etmoqda”.

Siyosatshunos Ashimbayev yirik xorijiy investorlarning Qozog‘istonga kelmasligining uchta asosiy sababini aytib o‘tdi.

Birinchidan, korrupsiya, samarasiz rejalashtirish, sust ijro etish va aniq bir nazoratning yo‘qligi. Rejalar doimo o‘zgarib turadi. Davlat dasturlariga jiddiy o‘zgarishlar kiritilmoqda.

Ikkinchidan, ularni amalga oshirish uchun masʼul vazirliklarni qayta tashkil etish, o‘yin qoidalari va soliq qonunchiligini o‘zgartirish tinimsiz davom etmoqda.

Uchinchidan, asosan davlat dasturi samaradorligi ustidan qatʼiy nazorat mavjud emas. Hisob palatasi har yili milliardlab qoidabuzarliklarni qayd etadi, ammo xulosa qilinmaydi.

Korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyalariga qaramay, davlat o‘zining barcha ko‘rinishlarida samarasiz va chuqur korrupsiyalashgan sharoitida, boshqa natijalarga erishib bo‘lmaydi.