Toqayev Qozog‘istonda ikki fuqarolik uchun jazoni kuchaytirishni buyurdi

“Qozog‘iston ikki fuqarolikni olish taqiqlangan mamlakatlarning katta guruhiga kiradi. Konstitutsiyamizda tegishli norma mavjud. Ammo yaqinda biz hattoki, davlat xizmatchilari orasida ham ikki fuqarolik tobora ko‘payib borayotganini aniqladik. Bu aniq sabablarga ko‘ra qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan xolat. Bu muammo juda jiddiy, chunki milliy xavfsizlikka tegishli. Bunday holatlarni yo‘qotish kerak”, – dedi Toqayev.

Prezident o‘tgan yili agar ular ikki fuqarolikka holati kuzatilsa davlat xizmatchilari, kvazi davlat tashkilotlari rahbarlarini ishdan bo‘shatish to‘g‘risida ko‘rsatma berganligini qo‘shimcha qildi.

“Men hukumatdan va davlat xizmatlari agentligidan bajarilgan ishlar natijalari to‘g‘risida hisobot berishlarini so‘rayman. Aftidan, bunday qonunbuzarliklar uchun javobgarlikni yana-da kuchaytirish kerak”, dedi prezident.