Tojikistonda hokimiyat tranzitining asosiy 3 belgisi

Maʼlumki, Markaziy Osiyoda davlat rahbarlari o‘z farzandlarining siyosatdagi ishtirokini tajribadan o‘tkazib ko‘rmoqda, baʼzilari esa ularga hozirdan “yumshoq kursilar” tayyorlaymoqda.

Tojikistonda tranzitga tayyorgarlik 2016 yilda Konstitutsiyaga zarur o‘zgartirishlar kiritilganidan so‘ng boshlangan. Endilikda, qonunga muvofiq, kamida 30 yoshga to‘lgan nomzod prezidentlik uchun ariza topshirishi mumkin (oldin yosh chegarasi 35 yosh edi). Bu tranzitning birinchi belgisi.

Ikkinchi belgi: pul mablag‘lari va boshqa aktivlarni legallashtirish uchun kapital va mulk amnistiyasi. Prezidentning bu qadamini uni elita vakillari bilan kelishishga urinishi sifatida ko‘rish mumkin. Ular (boylar eltasi), amaldagi hukumatning ularning daromad olish qonuniyligiga eʼtibor bermaslik haqidagi vaʼdasi evaziga, Imomali Rahmon vorisini qo‘llab-quvvatlashga vaʼda berishadi.

Uchinchi belgi: ekstremizm va terrorizmda ayblangan tojikistonliklarga amnistiya. Bu prezidentning siyosiy muxoliflari – TIUP (Tojikiston Islom Uyg‘onish partiyasi) rahbarlari va tarafdorlarini afv etish. Raxmon ular bilan 1997 yilda kelishuvga erishgan, ammo taxtga o‘tirishi bilan ularni mamlakat siyosiy maydonidan siqib chiqargan. Endi TIUPga amnistiya berilishi ularni muzokaralarga taklif sifatida tushunilmoqda. Amaldagi Prezident ularga ozodlik va siyosiy kelajak taklif qiladi. Buning evaziga u o‘z vorisiga yordam berishni so‘raydi.

To‘rtinchi belgi sifatida vorisning Tojikiston va undan tashqaridagi axborot maydonida faollashishi. Ammo, hozircha bu maydondagi faollik prezident o‘g‘li bilan birgalikda muhim tadbirlarda qatnashsa ham ancha past darajada.

Bundan tashqari, Rahmonning o‘g‘liga muvaffaqiyat yetishmayapti. U muvaffaqiyatli loyihalarda ko‘rinmaydi. U Dushanbe xokimi sifatidagi muhim tashabbuslari bilan esda qolmadi, bojxona boshlig‘i rolida ham muvaffaqiyat qozonmadi.

Baʼzi tahminlarga ko‘ra esa Rahmonning o‘g‘li Rustamdan tashqari, ko‘pchilik uning qizi Ozoda Rahmonni Tojikiston prezidenti sifatida ko‘rmoqdalar. Biroq, mutaxassislar fikriga ko‘ra unga qarshi eng muhim argument – bu uning ayolligi!

Mana shunday tahminlar ketma-ketligi internet nashrlarida eʼlon qilindi. Saytimiz orqali ko‘pdan buyon Turkmanistondagi hukumat tranzitini kuzatib kelayotgan edik. Agar qiziqsangiz bir qarab ko‘ring.