Japarovning davlat tashriflari qanday o‘tmoqda?

Sadir Japarov o‘zining debyutini Rossiya va Qozog‘istonga ikki tashrifi bilan amalga oshirdi. Keyingi yo‘nalishlar – O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Xitoy.

Moskvaga “o‘quv” tashrifi anʼanaviy ravishda o‘tkazildi. Davlat rahbarlari bir-birlari bilan yoqimli suhbatlashdi va Qirg‘izistondagi rus tili masalasiga alohida to‘xtab o‘tildi.

Konstitutsiyaviy islohotlardan so‘ng rus tilidan “rasmiy” maqomi tortib olinmadi. Putin “rus tili Qirg‘iziston fuqarolari uchun muhimdir, chunki u Rossiyada mehnat bozorida afzalliklarni beradi” dedi.

Aksariyat ekspertlarning fikriga ko‘ra, Japarov va Putin o‘rtasidagi uchrashuv “eng yuqori darajada” bo‘lib o‘tgan, ammo iqtisodiy kelishuvlarga erishilmadi. Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibining bildirishicha bunday format avvaldan “kelishilganligi” aytilgan.

Qozog‘istonga tashrif ham ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Tashrif oldidan Japarov “mamlakatlarimiz o‘rtasida hech qanday hal etilmaydigan muammo yo‘q” deb aytganiga qaramay, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar hozirgi kunda mintaqaviy raqobat bilan murakkablashmoqda.

Ammo bu yerda harxolda harbiy-texnologik, energetik va savdo hamkorlikka oid 7 ta bitim imzolandi.

Shuningdek, Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasidagi “bordi-keldi”ni osonlashtirishi va yaxshilash zarurligi taʼkidlandi. Ammo suv-energetika sohasidagi hamkorlik mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda suv resurslari ko‘pincha muammoli bo‘lib  qolmoqda.