Tadqiqot:yoshlar foydali kontent uchun pul to‘lashga tayyor

WAN-IFRA tadqiqotiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalarining yosh foydalanuvchilarining 24 foizi yangiliklar uchun pul to‘lashga tayyor. To‘g‘ri bu tadqiqotda ishtirok etgan yoshlar AQSH, Meksika va yevropaliklar hisoblanadi. Ularning eʼtirof etishicha yoshlar sifatli tayyorlangan kontentni o‘qish uchun pul to‘lashga tayyorligini bildirgan. Masalan, 18-34 yoshdagi foydalanuvchilarning 24% obuna uchun oyiga taxminan 6€ yevro sarflashga tayyor.

Biroq, ular uchun taklif etilayotgan media mahsulotlar yoshlar taklif etayotgan mablag‘dan qimmat.

Muammo shundaki, bu hozirda nashrlar ularga taqdim etayotgan narxlarning yarmidan ko‘pini tashkil etadi (bozorda bu ko‘rsatkich o‘rtacha, masalan, oyiga 14€ yevro).

Shu bilan birga bu kategoriyadagi auditoriya uchun qo‘shimcha format – video, podkast, interaktiv tarkib muhim ahamiyatga ega.

P.S. mazkur material biz uchun juda ham ahamiyatli bo‘lmasligi mumkin biroq, axborotlar ochiq va har qanday holatda ham olish mumkin bo‘lgan vaqtda tadqiqot o‘tkazilgan joydagi yoshlarning qiziqishlari o‘rganilganligi va ular o‘zlari uchun foydali bo‘lgan kontent uchun mablag‘ to‘lashga tayyor ekanligi ajoyib.

Yana bir narsa, aynan mana shu auditoriyaning qiziqishlari ham alohida o‘rganilgan. Kontent ustida ishlayotganlar bo‘lsa havola orqali kirib tanishib chiqishlari mumkin.