Erdo‘g‘an Qozog‘istonga tashrifini bekor qildi

Turkiya Prezidenti Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammitida qatnashishi rejalashtirilgan edi. 30-31 mart kunlari Turkistonda o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur tadbirda Erdo‘g‘an videokonferensiya rejimida ishtirok etadi.

Tashrifni bekor qilishning ehtimoliy sababi Turkiyadagi iqtisodiy ahvolning yomonlashuvidir. Bir kun oldin Erdo‘g‘an Markaziy bank rahbarini ishdan bo‘shatgan edi, shundan so‘ng lira kursi 18 foizga tushib ketdi.

Maʼlumot o‘rnida: Turkiy kengash 2009 yilda tashkil etilgan. U Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekistonni birlashtiradi. Vengriya davlati esa kuzatuvchi sifatida qatnashmoqda.