Rossiya Qirg‘izistonga taʼlim tizimi orqali taʼsir o‘tkazmoqchi

Qirg‘izistonning barcha hududlarida rus maktablari qad roslaydi. Ushbu qaror ikki mamlakat taʼlim vaziri tomonidan qabul qilindi. “Bu uzoq kelajak uchun zamin, Rossiya mamlakatimizda nafaqat elektr stansiyalari, balki maktablarni ham barpo etayotgani uni Qirg‘izistonga qardosh mamlakat sifatida munosabatda bo‘lishi ko‘rsatkichidir “, – dedi qirg‘iz siyosatshunosi Baqit Baketayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra: – “Qirg‘iz farzandlari ushbu maktablar ruslar tomonidan qurilganligi va Rossiyaning taʼlim dasturlari gumanitar sohaga katta taʼsir ko‘rsatganligi haqida o‘z bolalariga yetkazadilar. Keyinchalik ushbu maktablarni bitirgan yoshlar albatta Rossiya universitetlarida o‘qishni xohlaydi”.

Rossiya Qirg‘izistonda turk dunyosining yetakchisi bo‘lishni daʼvo qilayotgan Turkiya bilan raqobatlashishi kerak, shu jumladan taʼlim sohasida ham, – dedi MDH davlatlari instituti direktori o‘rinbosari Vladimir Jarixin. Uning fikriga ko‘ra rus tili tarixiy jihatdan, ikki mamlakatning iqtisodiy va madaniy yaqinligida mustahkam mavqeini saqlaydi; Turk tili esa leksik jihatdan yaqin, chunki ikkala til ham turkiy tillar guruhiga mansubdir, deb tushuntirdi ekspert.

“Albatta, Rossiyaning u yerda Markaziy Osiyodagi har qaysi mamlakatda kabi taʼsir kuchi bo‘lgan, Turkiya bilan madaniy va lingvistik taʼsir o‘tkazish uchun raqobatdosh bo‘ladi”, – deya taʼkidladi ekspert. – Bu yerda ikki variant bor: yoki biz rus maktablarini ochamiz, yoki maxsus kuchlarni kiritamiz va turk maktablarini yopamiz. Rossiya birinchi yo‘lni tanladi va bu to‘g‘ri. Albatta, bu “yumshoq kuch”dan foydalanish deganidir.