Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida vaziyat yanada yomonlashdi

Hokimiyat favqulodda rejimni joriy qildi.

Chegaradagi qishloqlar aholisi o‘rtasidagi ziddiyat bir kun oldin “Golovnoy” suv taqsimlash punktida boshlangan. Ertalabgacha u to‘qnashuvga aylandi. Avval to‘qnashuv ishtirokchilari bir-birlariga tosh otishgan. So‘ng…

Bugun erta tongda nomaʼlum shaxslar ov miltig‘idan o‘q uzishni boshlagan. Qirg‘izistonning 30 yoshli fuqarosi jarohat oldi. O‘q uning ko‘ziga tekkan.

Mahalliy hokimiyat maʼlumotlariga ko‘ra, qirg‘iz tomonidan yana to‘rt kishi va Tojikistonning yetti fuqarosi jarohat olgan.

“Golovnoy” suv taqsimlash punkti 1968 yilda qurilgan bo‘lib, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston SSR qishloq xo‘jaligi sektori uchun mo‘ljallangan edi. Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasining ushbu qismida vaqti-vaqti bilan to‘qnashuvlar bo‘lib turadi.

Asosiy sabab – davlatlar o‘rtasidagi chegarani aniq bo‘linmaganligidir. Bugungi kunga kelib, 970 kilometrning atigi 504 km. masofasi belgilangan. Tomonlar 70 dan ortiq bahsli hududlar bo‘yicha kelisha olmadilar.