Eron, Saudiya Arabistoni va BAA bir-biriga tajovuz qilmaslik to‘g‘risidagi bitimni imzolashi nimalar beradi?

Isroil va Fors ko‘rfazi davlatlari o‘rtasidagi kelishuvlar shuni ko‘rsatdiki, tinchlik bitimi yana-da kengroq milliy manfaatlarni ko‘zlagan holda uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan adovat bartaraf etilishi mumkin.

Eron va Fors ko‘rfazi davlatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik AQSh manfaatlariga mos tushadi, chunki bu amerikaliklarning arab sheriklarining xavfsizligini taʼminlash borasidagi harakatlarini kamaytiradi, dedi Atlantika kengashining katta xodimi Kirsten Fontenrouz.

“Tehronning arab davlatlari bilan kelishuvi Fors ko‘rfazi davlatlarining Isroilga qaramligini kuchaytiradi, chunki boshqa biron bir davlat Eron bitimning o‘ziga tegishli qismini qanday bajarayotgani to‘g‘risida aniqroq maʼlumot bera olmaydi. Bundan tashqari, Fors ko‘rfazi monarxiyalarining Eron bilan muzokara olib boradigan pozitsiyasi ularning Isroil bilan yangi va yaqin aloqalari mustahkamlanishiga olib keladi. Birlashgan Arab Amirliklari Eronning Isroil bilan munosabatlarni pasaytirish bo‘yicha har qanday talabiga qarshi turish uchun kuchli pozitsiyada, bu pozitsiya esa xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlanadigan “Ibrohim” kelishuvlarini va ko‘plab imzolangan anglashuv memorandumlarini buzishni talab qiladi»

Fontenrouz

Uning so‘zlariga ko‘ra, eronliklar va arablar o‘rtasidagi yaqinlashish Amerika hukumatiga ham, Eronga ham manfaatli. Bundan tashqari, tahlilchi Eron, Saudiya Arabistoni va BAA o‘zaro tajovuz qilmaslik to‘g‘risidagi bitimni imzolashi mumkinligini tan oladi: «Ushbu bitim dastlab havo va harbiy-dengiz hududlarida cheklovlar joriy etilishi mumkin. Keyin cheklovlar vaqti-vaqti bilan Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazining boshqa mamlakatlariga hujum qiladigan eronparast guruhlarga taʼsir qilishi mumkin.”

“Eron, Saudiya Arabistoni va BAA birgalikda IShIDning tiklanishiga qarshi kurash strategiyasini ishlab chiqishi mumkin. Barcha tomonlarning Suriya yoki Iroqda terroristik guruhning qayta paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun asoslari bor, ammo ularning individual xavotirlari birgalikda ishlash uchun har qanday saʼy-harakatlarni murakkablashtirishi mumkin”, dedi Fonteyneroz.

Atlantika kengashi Tehron va Arab davlatlariga mintaqaviy muammolarni hal qilish uchun YEXHTga o‘xshash forum yaratishni taklif qiladi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarga alohida eʼtibor beriladi. “Bunday yechim Eronga Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga imkon beradi va shu bilan Eron iqtisodiyotining neft va gazdan tashqari, barcha sohalarini rag‘batlantiradi. Hozirda Eron eksportining qariyb 20 foizi energiya bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarga to‘g‘ri keladi. Ushbu ulushni Fors ko‘rfazi bozoridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, hashamat bilan bog‘liq buyumlar hamda Eron tomonidan ishlab chiqarilgan kimyoviy mahsulotlar va plastmassa kabi sanoat mahsulotlari bilan oshirish mumkin. Fors ko‘rfazi davlatlari 80 milliondan ortiq aholisi bo‘lgan Eron bozoriga kirish orqali katta foyda olishi mumkin. Bundan tashqari, turistik oqimlarning ko‘payishi iqtisodiy foydalarni yana-da kengaytiradi“, – deb xulosa qiladi Fontenrouz.