Turkmaniston muhojirlari ko‘paymoqda

2014 yilda uglevodorodlar narxining pasayishi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz boshlangandan so‘ng, Turkmaniston aholisi tobora ko‘proq chet elga ko‘chib o‘tishni boshladilar. Emigratsiya davlat mustaqilligining butun davridagi eng yuqori ko‘rsatkichi 2019 yilda yetdi, deb xabar bermoqda “Meteojurnal”.

Turkmaniston Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatga kelgan va u yerdan chiqib ketganlar to‘g‘risida rasmiy statistikani eʼlon qilmaydi, ammo nashr jurnalistlari ushbu raqamlarni Turkmaniston fuqarolari tark etgan mamlakatlarning eʼlon qilingan maʼlumotlariga tayanib hisoblab chiqishdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2019 yilda 110 mingga yaqin kishi Turkmanistonni tark etgan. Bu mamlakat aholisining 2,2 foizini tashkil qiladi. Nashr 2020 yilda mamlakat aholisini 4,95 million kishi tashkil etishini eʼlon qilgan.

“Meteojurnal” saytida eʼlon qilingan materialdan qisqacha tahlil:

Biz beshta mamlakat statistikasini o‘rganib chiqdik, bunga ko‘ra, eng ko‘p aholi ketgan davlatlar Turkiya (ketganlarning 78%), Rossiya (14,3%), Ukraina, Belorussiya va Qozog‘iston. Umuman olganda, ushbu mamlakatlarga 101.220 kishi jo‘nab ketgan, shundan Turkmanistonga ko‘chib kelganlar soni 24.206 nafarni tashkil etadi, migratsiya saldosi 77.014 kishini tashkil etdi. Turkmaniston fuqarolari sayohat qilayotgan O‘zbekiston, BAA, Hindiston, Xitoy va Malayziya kabi boshqa mamlakatlar uchun maʼlumotlar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESD) hisobotlaridan olinadi.

Tadqiqotda qayd etilishicha, rasmiy statistika aniq raqamlarni ko‘rsatmasligi mumkin va noqonuniy migrantlarni hisobga olmaydi.

2019 yilda Turkmanistonning 80 003 fuqarosi Turkiyaga jo‘nab ketgan. Ushbu ko‘rsatkichga ko‘ra, Turkmaniston muhojirlari Turkiya tarixida birinchi marta 83 829 kishiga yetgan bo‘lib bu ko‘rsatkich,  Iroqdan ko‘chib kelgan muhojirlardan sal orqada ikkinchi o‘rinda. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2,3 baravar ko‘p demakdir.

Migratsiya Bosh boshqarmasining maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yil aprel oyining oxirida Turkiyada yashash huquqiga ega bo‘lgan 127004 nafar Turkmaniston fuqarosi isteʼqomat qilmoqda.

2019 yilda Rossiyaga Turkmanistondan 14 632 muhojir borgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 39,2 foizga ko‘p degani.

Migrantlarning sezilarli qismini talabalar tashkil etadi. Shu bilan birga, berilgan vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalar va fuqarolar sonidan kelib chiqib, Rossiyada qolish niyatida bo‘lgan muhojirlarda sezilarli o‘sish kuzatilgan degan xulosaga kelish mumkin.

Belorussiya bo‘yicha 2019 yilgi maʼlumotlar yo‘q, ammo 2018 yilda mamlakatga Turkmanistondan 4001 muhojir kelgan. Bu 2017 yilga nisbatan 84 foizga ko‘pdir. Jami, aholini ro‘yxatga olish maʼlumotlariga ko‘ra, 2019 yilda Belorusiyada 9668 turkman muhojiri yashagan.

Ukraina 2019 yilda Turkmanistondan 1705 muhojirni qabul qilgan. Bu 2018 yilga nisbatan 62,2 foizga ko‘pdir.

2019 yilda Qozog‘istonga Turkmanistondan 879 kishi ko‘chib o‘tgan. Bu raqamga turkman talabalari kirmaydi. Bu 2018 yilga nisbatan 2,4 baravar ko‘p.

Boshqa mamlakatlardan 2019 yilda Turkmaniston fuqarolarining aksariyati AQSH (291 kishi), Germaniya (2018 yilga kelib 262 kishi), Janubiy Koreya (237) va Yaponiyaga (185) jo‘nab ketishgan.

Avvalroq Turkmaniston fuqarolari yurtidan chiqishi muammoga aylanayotgani, ayniqsa o‘qishga xorijga ketgan talabalarning ota-onalaridan tilxatlar yozdirib olinayotgan bo‘yicha xabar bergan edik.

Agar sizga yurtimizdan ko‘chib ketganlar soni bilan tanishish istagi paydo bo‘lsa, unda mana bu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.