Rossiya yoki Eron?
Turkmanistonning Erondagi elchisi Axmet Qurbonov Eronning neft va gaz qazib olish kompaniyasining ijrochi direktori Khazar Exploration and Production Company (KEPCO)Ali Osoulini qabul qildi, deb xabar bermoqda Теҳран Times.
KEPCO, 1998 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Eron milliy neft kompaniyasining (NIOS) bo‘limi hisoblanadi. KEPCO Kaspiy dengizining Eron qismida qidiruv, o‘zlashtirish va qazib olish ishlari bilan shug‘ullanadi.
Uchrashuv mobaynida Eron kompaniyasi vakillari dengiz tubidagi operatsiyalar borasidagi tajribalari va dengiz shelfining turkman qismida Kaspiy konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha taklif qilingan loyihalar haqida so‘zlab berishgan.
A.Osouli, shuningdek, Eronning shimolidagi kemasozlik zavodlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etgan va Kaspiy dengizidagi platformalar bilan bir qatorda ko‘p vazifali kemalarni qurish tajribasi haqida gapirib, kompaniya ushbu sohalarda xizmat ko‘rsatishi mumkinligini taklif qilgan.
Eron kompaniyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, KEPCO Kaspiy dengizida Ozarbayjon bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolagan.
Elchi A.Gurbanov mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga va Eron kompaniyasining dengizdagi ish tajribasidan foydalanishga qiziqishini bildirib, Turkmaniston elchixonasi bunda muhim rol o‘ynashi, bu orqali Eron kompaniyalarining barcha takliflari hukumatdan o‘tishi kerakligini taʼkidlagan.
Biroq, 30 aprel kuni Bosh vazir o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov Qozonga tashrif buyurganida u yerda Tataristonning “Tatneft” kompaniyasi bilan Kaspiy dengizining turkman sektoridagi konlarni qidirish va o‘zlashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish istagini bildirgan.