Saylov oldi jarayonlarda botlardan foydalanish

Bot texnologiyalaridan eng intensiv foydalanish 2016 yilda AQSHda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari paytida qayd etilgan va bu Demokratik va Respublikachilar partiyalaridan bo‘lgan nomzodlarga nisbatan qo‘llanilgan. A. Bessi va E. Ferrara so‘zlariga ko‘ra, Tvitterda bir oylik kuzatuv davomida 400 mingga yaqin bot topilgan, bu prezident saylovlari haqidagi siyosiy munozaralarda qatnashgan tvitlarning deyarli beshdan birini tashkil etgan. Amaldagi botlarning mazmuni ham nomzodlarning ijobiy qiyofasini shakllantirishga, ham siyosiy muxoliflar obrazlarini legallashtirishga tegishli bo‘lgan. (bunday “texnik qo‘layliklar” Feysbukda ham mavjud bo‘lib alohida algoritmlarda ishlab chiqilgani va siyosiy nomzodlarga jamoatchilikka taʼsir o‘tkazishiga imkoniyat berayotgani to‘g‘risida yaqinda Facebook kompaniyasi xodimining iqrori oshkor qildi. Bu haqda mazkur havolada tanishishingiz mumkin.)

Xuddi shu davrda Tvitter va Feysbukdagi botnetlar X.Klintonni pedofiliya va korrupsiya bilan bog‘liq janjalli voqealarda ishtirok etganligi to‘g‘risida ayblovlarni tarqatishdi. (ushbu bot hujumlarga Rossiyaning avtomatlashtirilgan kiberhujumlari aloqadorligi taxmin qilinmoqda.) Ushbu saylovlarda siyosiy botlarning maqsadi siyosiy munozaralarni manipulyatsiya qilish, muxolifatni demobilizatsiya qilish va mavjud bo‘lmagan siyosiy tarafdorlar armiyasini yaratish edi.

Buyuk Britaniyadagi referendum paytida bot-kampaniyalar ishlatilgan, ularning maqsadi mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishini faol targ‘ib qilish bo‘lgan. Tadqiqot natijalari “Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi uchun” xeshteglarining ustunligini, shuningdek Breksit tarafdorlari tarkibini eʼlon qilish va tarqatishda avtomatlashtirishning yuqori darajasidan foydalanganligini ko‘rsatdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Buyuk Britaniya auditoriyasiga taʼsir o‘tkazishning anʼanaviy usullari orasida ko‘p sonli “layk”, “post-repost” va sharhlar deb nomlangan materiallar reytingini oshirish, shuningdek Tvitterda xeshteglarni ishga tushirish (masalan, ##Brexit, #Beleave, #VoteLeave, #VoteRemain 2016 yilda, Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha referendumga tayyorgarlik paytida). Xeshteg mexanizmi nafaqat maʼlumotni tezkor ravishda uzatish, balki Tvitter trendlari deb nomlangan yozuvlarni namoyish etishga imkon beradi, bu esa targ‘ib qilingan shiorlarning takrorlanishini oshiradi. Shunisi eʼtiborga loyiqki, xeshteg lakonik siyosiy shior bo‘lib, uni yodlash va tarqatish oson, bu murakkab siyosiy jarayonlarni oddiy formulalarda joylashtirishga imkon beradi.

D.Trampning xarajatlarining eng muhim qismlaridan biri “raqamli konsalting” va “Internetdagi reklama” liniyasi edi. Aksiyaning so‘nggi bosqichida bunga 60 million dollardan ko‘proq mablag ʼsarflandi. Taqqoslash uchun: X.Klinton rasman onlayn reklama uchun 3 million dollardan sal ko‘proq mablag‘ sarflagan bo‘lsa, “anʼanaviy” media reklama uchun: televizion, gazeta va “tashqi reklama” uchun 240 million dollar sarflagan. Trampning shtab-kvartirasi o‘z nomzodini reklama qilish uchun ushbu vositaga deyarli 3 baravar kam mablag‘ sarfladi.

Shuningdek, Braziliyaning yetakchi siyosatchilari tomonidan 2014 yilgi prezidentlik saylovlari, 2016 yildagi impichment davri va o‘sha yili Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan munitsipal saylovlar paytida avtomatlashtirilgan akkauntlardan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar mavjud bo‘lib unda, 2014 yilda Rousseff (D.Rousseff) va Neves (A.Neveves) o‘rtasidagi siyosiy munozaralar paytida har ikkala nomzod botlardan foydalangan, bu esa ijtimoiy tarmoqlarda qarama-qarshilikni yana-da kuchaytirgan. Rousseff prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng, uning kampaniyasida foydalanilgan barcha serverlar va botlar o‘chirilgan, Neves tarafdorlari muxolifat kuchlarining kompyuter targ‘iboti uchun botlarning potensialidan foydalangan, bu 2016 yilda prezidentga impichment eʼlon qilishning asosiy omiliga aylangan.

Yaponiyada esa 2014 yilgi saylovlar bosh vazir Abeni (S.Abe) qo‘llab-quvvatlash uchun Tvitterda maʼlumot tarqatadigan siyosiy botlardan foydalanilgan.

Bot texnologiyasiga ega bo‘lgan eng yirik siyosiy arboblar bilan bog‘liq boshqa ishlarga Shimoliy Koreya Milliy razvedka agentligining xodimlari jalb qilingan, ular Tvitterda 1,2 milliondan ortiq xabarlarni tarqatgan, natijada Janubiy Koreyada 2012 yilda g‘olib bo‘lgan prezidentlikka nomzod Pak Kin Xening foydasiga jamoatchilik fikrini targ‘ib qilgan. Bularning barchasi siyosiy kommunikatsiya tadqiqotchilariga ko‘plab zamonaviy siyosatchilar uchun botnetlar hozirda saylov kampaniyalarini o‘tkazish uchun aloqa vositalarining bir qismiga aylanib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Qisqa qilib aytganda botlar – bu avtomatlashtirilgan dasturlar, juda katta tezlik va samaradorlik bilan maʼlumot tarqatish va ko‘plab odamlarning eʼtiborini jalb qilish imkonini bermoqda.

Kommunikativ xatti-harakatlarda haqiqiy va surrogat foydalanuvchilarni ajratib olish qiyin bo‘lganligi sababli, baʼzi tadqiqotchilar avtomatlashtirilgan algoritmlar institutsional xarakterga ega bo‘ladi, chunki ular ijtimoiy sharoitlarga taʼsir qiluvchi agent rolini o‘ynaydilar, bu ayniqsa siyosiy aloqa uchun juda muhimdir. Ijtimoiy botlarning “agentlik” xususiyati ularni siyosiy aloqada faol foydalanishga olib keldi. Hatto maxsus atama paydo bo‘ldi – “siyosiy bot”, bu siyosat bilan bog‘liq mavzularda boshqa foydalanuvchi akkauntlari bilan avtomatlashtirilgan taʼsir o‘tkazish uchun funksiyalar yoki dasturiy taʼminot bilan jihozlangan foydalanuvchi hisob qaydnomasi sifatida tushuniladi.

Boshqacha qilib aytganda, bu nafaqat interaktiv, balki siyosiy yo‘naltirilgan botlardir.