Xalqaro Xitoy va Tayvan urush yoqasida

Economist nashrining may oyidagi hisobotida Tayvan bo‘g‘ozini “yer yuzidagi eng xavfli joy” deb atadi, chunki bu Pekinning eng nozik hududiy masalasi hamda Xitoy va AQSh o‘rtasidagi tortishuvlarning asosiy nuqtasi.

Tayvan bo‘g‘ozidagi tanglik shu darajadaki, qurolli mojarolar xavfi “eng yuqori darajaga yetdi”, Pekin tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan tahliliy markaz maʼlumotlariga tayanib SCMP xabar bermoqda.

Bunday xulosa qurolli to‘qnashuvlar xavfi indeksiga asoslangan bo‘lib, tahlilchilar minus 10 dan 10 gacha bo‘lgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha 2021 yil uchun 7,21 ni baholadi. Tadqiqotchilar ikki tomonning harbiy qudrati, savdo aloqalari, jamoatchilik fikri, siyosiy voqealar, shu jumladan ittifoqchilar tomonidan ko‘rsatilayotgan tashqi yordam omillarini ko‘rib chiqdilar.

Tahlilchilar Pekin va Taypey “urush yoqasida” degan xulosaga kelishdi. Hisobot 2000 yilda, mustaqillik tarafdori bo‘lgan Demokratik taraqqiyot partiyasi Tayvanda hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, Pekin bilan do‘stona “Gomintang” partiyasining 55 yillik hukmronligiga barham berganidan beri barqaror o‘sib bormoqda, deyiladi xabarda.

Qo‘shma Shtatlar, aksariyat davlatlar singari, Tayvan bilan rasmiy diplomatik aloqalarga ega emas, lekin uning eng muhim xalqaro homiysi va orolga qurol yetkazib beradigan yirik sotuvchisidir.

May oyida Economist jurnali Tayvan bo‘g‘ozini “yer yuzidagi eng xavfli joy” deb atadi, chunki bu Pekinning eng nozik hududiy masalasi hamda Xitoy va AQSh o‘rtasidagi ziddiyatning asosiy nuqtasidir. Pekin Tayvanni o‘z hududi deb biladi va orol ustidan nazorat o‘rnatish uchun kuch ishlatilishini istisno qilmaydi.

Vashington va Taypey o‘rtasidagi iliq aloqalardan Xitoy g‘azablanmoqda va Taypey maʼmuriyati Pekin uchun “qizil chiziq” bo‘lgan mustaqillikni eʼlon qilishga jurʼat etishi mumkinligidan xavotirda.