Berdimuhamedovning uchinchi “Boing” i: oltin intererlar va eksklyuziv massaj kursilar

Yaqin vaqtgacha Gurbanguli Berdimuhamedovga ikkita samolyot – tor kuzovli Boeing 737 (EZ-A007) va keng korpusli Boeing 777 (EZ-A777) xizmat ko‘rsatgani maʼlum edi.

Neytral mamlakat prezidenti xalqaro uchrashuvlarda kamdan-kam ishtirok etadigan mehmon bo‘lib, u Turkmanistondan kamdan-kam xollarda chiqadi.

Gurbanguli Berdimuhamedovning barcha rasmiy tashqi safarlarini sinchkovlik bilan kuzatib boradigan “Turkmen viki” maʼlumotnomasiga ko‘ra, 14 yillik hokimiyat davrida Turkmaniston rahbari boshqa mamlakatlarga 142 marta sayohat qilgan, yaʼni yiliga o‘rtacha hisobda o‘nta reysni amalga oshirgan.

2018 yil 28 yanvarda “Gundogar” nashri Boeing korporatsiyasi Turkmaniston prezidenti uchun Boeing 737 ishlab chiqarishni yakunlayotgani haqida xabar bergan edi. Mazkur xabarni qanchalik haqiqatga to‘g‘ri kelish bo‘yicha “Xroniki Turkmenistana” nashri surishtiruv o‘tkazgan bo‘lib eʼtiboringizga asosiy maʼlumotlarini keltirib o‘tamiz.

Mazkur samolyot qurilishi haqiqatan ham 2018 yil 22 fevralda yakunlangan edi, biroq u bir yarim yildan so‘ng, kompaniya samolyotni ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan, shundan so‘ng, 2018 yil fevraldan may oyigacha Jorjtaunda bo‘lgan, u yerda qo‘shimcha yonilg‘i idishi o‘rnatilgan va 11 may kuni samolyot Amerikaning Texas shtatidagi San-Antonio shahariga ichki qismini bezatish uchun yuborilgan.

Boeing rasmiy veb-saytida o‘z samolyotlari narxi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni ochiq eʼlon qiladi. Yangi 737 ning narxi taxminan 89,1 million dollarni tashkil qiladi. Shunga qaramay, VIP laynerlarida dizayn va ichki bezatish xarajatlari samolyotning narxi bilan teng turishini yodda tutish kerak.

Samolyotning ichik bezagi bilan dunyodagi eng xashamdor dizayn ishlari bilan shug‘ullanuvchi Aeria Luxury Interiors kompaniyasi shug‘ullangan.

Kompaniyaning turkman samolyoti bilan shug‘ullanganligi to‘g‘risida birinchi bilvosita tasdiqlash VVIP (juda muhim shaxs) tomonidan buyurtma qilingan Boeing 737 samolyotida  ish boshlangani haqidagi maqolaga sobiq xodimlardan biri tomonidan nomaʼlum davlatning buyurtmasi deya nashr etilgan havoladan bilib olingan.

Laynerning o‘zi haqida to‘xtalib o‘tilsa shuni maʼlum qilish mumkinki, 26 kishini sig‘dira oladigan samolyotda VIP yotoq xonasi, dush va bide bilan jihozlangan maxsus hammom mavjud.

“Estetik ahamiyat birinchi darajali materiallarga, shu jumladan ekzotik panellarga, toza va tiniq ranglarga ega, bashang tonlarda va oltin bilan ishlangan detallarga, xususan idishni ichida joylashgan belgilarga katta eʼtibor qaratilgan”, deyilmoqda xabarda.

To‘liq o‘lchamdagi mebeldan tashqari, ish xonasida oltita zonani alohida massaj qilish funksiyasiga ega buyurtma qilingan stol va stullar mavjud.

Samolyot kabinasi Boeing kompaniyasining yangi ichki yechimi – Sky Interior yordamida amalga oshirilgan.

Shuningdek, bortda Wi-Fi tarmog‘i Internetga ulangan va har xil oqim video xizmatlari mavjud. Barcha joyda monitorlar o‘rnatilgan bo‘lib, jumladan oshxonada mavjud, shuningdek boshqaruv uchun sensorli displeylar joylatirilgan.

Kompaniyaning sobiq bosh direktori Ron Soret o‘zining intervyularidan birida mijozni shaxsan uzoq vaqt davomida bilishini va bu uning birinchi topshirig‘i emasligini aytgan. Ushbu samolyot uchun ismi oshkor etilmagan davlat rahbari o‘zining samolyot parkida mavjud bo‘lgan VIP samolyotga o‘xshash “yangilangan” intererlarni “anʼanaviy” uslubini tanladi. Yaʼni, davlat rahbarining barcha samolyotlari bir xil uslubda yasalgan va ularning barchasining ichki tuzilishi bir xil dizayonga ega.

R.Soret shuningdek, ular samolyot kabinetining polini eksklyuziv qo‘lda to‘qilgan gilamchalar bilan qoplaganliklari, noyob buyurtma asosida to‘qilgani va keyin AQSHga olib kelib, samolyotga joylashtirganligini aytib o‘tdi.

“Nima uchun Berdimuhammedovga yangi Boeing 737 kerak bo‘lganligi nomaʼlum. “Eski” EZ-A007 2008 yildan beri prezident parkida, yaʼni taxminan 13 yil bo‘lgan. Samolyotlarda belgilangan “yaroqlilik muddati” mavjud emas va ularning ishlash muddati texnik holatga, shuningdek foydalanish shartlari va intensivligiga bog‘liq. Biroq, hattoki kundalik ekspluatatsiya qilinadigan yo‘lovchi samolyotlari ham 25-30 yilni tashkil qiladi va dastlabki 737 ta Boing samolyotlari 40 yildan ko‘proq vaqt davomida parvoz qilishi mumkin”, deya nashr muallifi maqolani yakunlagan.