Buyuk Britaniyada Turkmaniston Prezidentiga qarashli kompaniya tugatildi

Buyuk Britaniyada Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning jiyani Xadjimurat Rejepov tomonidan yuritilib kelinayotgan “Greatcom Trade LLP” kompaniya tugatilganligi to‘g‘risida xabar berilmoqda.

2014 yil 9 yanvarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya joriy yilning 13 iyulida tugatilgan. Britaniya hukumatining maʼlumotnoma saytidan olingan maʼlumotlarga qaraganda, kompaniyaning moliyaviy hisobotlari taqdim etilmaganligi bois faoliyat tugatilgan.

O‘tkazilgan jurnalistik tekshiruv natijasida mazkur kompaniya Turkmanistonga subsidiyalangan oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha yirik hukumat shartnomasi amalga oshirilgan.

Maʼlum bo‘lishicha, respublikada oziq-ovqat inqirozi bo‘lganida, Rejepov Prezident farmoni bilan mamlakatga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish uchun 27,5 million dollar miqdorida davlat buyurtmasini olgan va bundan ko‘p o‘tmay Ashxobodning “elita tumanida” hashamatli qasr qurdirgan.