Qozog‘iston rasmiylarining mol-mulklari to‘g‘risida

Qozog‘iston rasmiylari orasida Singapur banklari va Rossiyaning ko‘chmas mulklariga bo‘lgan qiziqish kattaligi kuzatilmoqda.

2020 yil uchun daromad deklaratsiyasini topshirgan 465 ming nafar qozog‘istonlik davlat xizmatchilarining 117 nafari 29 mamlakatning xorijiy banklarida bank hisob raqamlariga ega, deyiladi internet nashrlarida, Davlat daromad qo‘mitasi maʼlumotlariga asoslanib. Eʼlon qilingan pullarning eng katta miqdori Singapur banklarida – rasmiylar jami 2,2 million dollar saqlayotgani aniqlangan.

Shuningdek, keyingi o‘rinlarda Rossiya – 1,1 million dollar, Lixtenshteyn knyazligi – 1 million dollar, AQSH – 645 ming dollar va Germaniya – 300 ming dollar .

176 nafar mansabdor shaxs va ularning turmush o‘rtog‘ining nomida xorijiy davlatda ro‘yxatga olingan 221 ta ko‘chmas mulk obyekti borligi eʼlon qilingan. Asosiy mulklar Rossiyada joylashgan (181 ta obyekt).

Deklaratsiyani topshirishga majbur bo‘lganlar orasida davlat xizmatchilari, va ularga teng huquqli shaxslar, shuningdek ularning turmush o‘rtoqlari bor. Qozog‘istonda mansabdor shaxslarning deklaratsiyalari ommaga eʼlon qilinmaydi va ular davlat xizmatchilarini respublikada ro‘yxatdan o‘tgan ko‘chmas mulk va transport vositalari haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilishga majburlamaydilar.