O‘zbekiston musulmonlari idorasining yangi rahbari kim bo‘ladi?

Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shahidlar Xotirasi xiyoboniga tashrif buyurdi. Tadbir davomida marhumlar xotirasiga Qurʼon tilovat qilinib, duo qilindi. Qurʼon tilovatini Toshkent bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov o‘qidi va u butun tadbir davomida prezidentga hamrohlik qildi. Bu Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasining yangi raisi etib tayinlanishi mumkin, degan fikrlarga asos yaratmoqda.

Mazkur lavozimga davogarlardan yana biri ilmiy islom sivilizatsiyasi direktorining o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur xisoblanadi. Biroq, Nuriddin Xoliqnazarovdan farqli o‘laroq u tadbir mobaynida ko‘rinmadi.

Eslatib o‘tamiz, musulmonlar idorasining avvalgi rahbari Usmonxon Alimov 15 avgust kuni koronavirusdan vafot etgan. Uning vafotidan keyin O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi lavozimi bo‘sh qolmoqda.