E-kasb.uz onlayn platformasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi

Yoshlar Kelajagimiz jamg‘armasi tomonidan yaratilgan yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatishga qaratilgan e-kasb.uz onlayn platformasi haqida nimalarni bilasiz?

Maʼlumot olishni istagan barcha yoshlarni joriy yilning 16 oktyabr kuni soat 11:00da Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida o‘tkaziladigan e-kasb.uz onlayn platformasining taqdimot marosimiga taklif etamiz.

Taqdimot doirasida Siz o‘z kasbining mohir ustalari tomonidan mahorat darslari va yurtimizdagi ilg‘or o‘quv markazlari ko‘rgazmasi guvohiga aylanasiz.

Taqdimot marosimida ishtirok etmoqchi bo‘lgan yoshlar @ekasb_bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

t.me/davr24official