O‘tgan oyning oxirida TikTok har oyda milliardlab faol foydalanuvchilarga yetganini eʼlon qildi.
Ommabop qisqa video platformasi Facebook, YouTube, WhatsApp vа Instagram kabi boshqa ijtimoiy media ilovalariga qo‘shildi.
Xalqaro miqyosda 2016 yilda ishga tushirilgan TikTok 1 milliard faol foydalanuvchiga yetish uchun atigi besh yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. Axios yangiliklar saytlari ro‘yxatida faqat bitta xizmat tezroq – Facebook messenjeri besh yildan kamroq vaqt ichida muvaffaqiyat qozondi.
Biroq, Facebook messenjeri ishga tushishidan oldin oddiy Facebook ilovasi va veb-saytining bir qismi bo‘lgan, demak, u ishga tushgunga qadar Facebookning ko‘plab doimiy mijozlarini yig‘ib olgan edi, ular shunchaki, Messenger ilovasini yuklab olishlari kerak edi.