Turkmanistonda maktab taʼtillari bir kunga uzaytirildi

Bolalar va o‘qituvchilar paxta terish bilan band deya xabar bermoqda internet nashrlar.

Turkmanistonda, odatda, 22 dan 29 oktyabrgacha davom etadigan maktab taʼtillari joriy yilning 1 noyabrida tugaydi. Bu orada o‘qituvchilar majburan paxta terimiga yuboriladi, bolalar o‘z oilalariga yordam berish uchun yollanma “askar” sifatida dalalarga borishadi.

Katta ehtimol bilan taʼtilning uzaytirilishi koronavirus karantini bilan bog‘liq emas. Bir yoki ikki kun infeksiyaga qarshi kurashish uchun juda qisqa vaqt.

Ammo o‘qituvchilar uchun hech kim “paxta xizmati” ni bekor qilmagan. Masalan, Turkmanobod maktablaridan birida o‘qituvchilar ikki guruhga bo‘lingan, ularning har biri o‘n kunlik taʼtilning besh kunida hosil yig‘ib olishlari shart. O‘n kun davomida dam olishni istaganlar yollanma “askar”ning ishi uchun 150 manat to‘lashlari kerak.

2021 yilning yozida Prezident Gurbanguli Berdimuhammedov paxta yig‘im-terimini 27 sentyabr Mustaqillik kuniga qadar, yaʼni odatdagidan bir oy oldin yakunlashni buyurgan edi. Biroq, bayram arafasida rejaning bajarilishi eʼlon qilinmadi. 12 oktyabrdagi yig‘ilishda prezident “paxta xomashyosini yig‘ish majburiyatlari Hosil bayramiga qadar bajarilishiga ishonch bildirdi”. Turkmanistonda hosil bayrami noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi.

Turkmaniston hukumati ekinlarni yig‘ish rejasi bajarilmaganligini tan olishini kutishga asos yo‘q. Birinchi prezident Saparmurod Niyozov 1998 yilda aybdorlarga qattiq jazo bilan tahdid qilganidan beri bug‘doyni yig‘ish rejasi har yili bajarilgan deb tan olingan. Paxtaga kelsak, rejalar ketma-ket bir necha yil bajarilmadi. Nihoyat, 2004 yilda Niyozov paxta yetishmaganligi uchun yuqori lavozimli sakkiz amaldorni jazoladi. Ular uch oylik ish haqidan mahrum qilindi. 2005 yilda, ular yana rejani bajara olmaganlarida, bu xokimlarni hibsga olishga to‘g‘ri kelgan edi. Shundan so‘ng barchasi izga tushib ketgan…

Berdimuhammedov davrida esa paxtani yetishtirish bilan bog‘liq muammolar bir necha yil davom etdi, lekin vaziyat asta-sekin o‘z joyiga keldi. So‘nggi yillarda amaldorlar rejani muvaffaqiyatli bajarganliklari haqida davlat rahbariga doimiy ravishda hisobot berildi. Bunda ularga deyarli daladan boshlanib, poytaxt ofislariga yetib boradigan qo‘shib yozishlar yordam bermoqda.