Aniq qo‘yilgan maqsad, tinimsiz mehnat va kuchli bilim – muvaffaqiyatli biznes uchun eng zarur omildir.

Mehnat va shijoat bilan muvaffaqiyatli tadbirkor bo‘la olgan tajribali tadbirkorlar ishtirokida Biznes marafon loyihasining 2-mavsumining dastlabki treninglari 15-16 noyabr kunlari Andijon va Farg‘onada o‘tkazildi.
Ushbu marafon orqali yoshlar tadbirkorlik sohasidagi bilimlarini mustahkamlab, biz 18 noyabr kuni Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan “Biznes marafon”ga barchani taklif qilamiz!
