Xitoydan Qozog‘istonga kriptovalyuta tayyorlash uchun deyarli 90 mingta kompyuter olib kelindi

Bu elektr taqchilligini keltirib chiqaradi. Qo‘shimcha energiya olish uchun respublika Rossiyaga murojaat qilishiga to‘g‘ri keldi.

Xitoyda kriptovalyutalar bilan har qanday faoliyat noqonuniy deb eʼlon qilingan. Shuning uchun mayningchilar boshqa mamlakatlarga ko‘chib o‘tishdi.

Qozog‘iston bu yozda bitkoin tayyorlash bo‘yicha kuchli uchlikka kirdi. Financial Times maʼlumotlariga ko‘ra, Xitoyning Bitfufu kompaniyasi kompyuterlarining asosiy qismi – 80 mingtasi Qozog‘istonda.