Afg‘oniston inqirozida mintaqa davlatlarining o‘rni haqida

Mintaqadagi davlatlarning hech biri BMTning Afg‘onistonga yordam jamg‘armasi donorlari o‘ntaligiga kirmaydi. Bu yerda hali ham AQSH va YEI yetakchilik qilmoqda.

Qizig‘i shundaki, Rossiya va Xitoy bir xil ko‘rsatkichlar bilan donorlar reytingida 19 va 20-o‘rinlarni egallab turibdi (donorlik fondining umumiy hajmida 0,3 foiz).

Ayni paytda, xabar qilinganidek, Xitoy Tolibon targ‘ibotchilarining Pekindan kambag‘al afg‘onlarga sovg‘a qilingan un va ko‘rpa-to‘shaklar haqidagi xabarlar, fotosuratlar va videolarni keng tarqatishini qattiq nazorat qilmoqda.

Mintaqa davlatlaridan Afg‘onistonga ko‘rsatilayotgan real gumanitar yordam bu ПР  targ‘iboti ko‘lamiga to‘g‘ri kelmasligi aniq.

Balki bu qiziq nomutanosiblik Pekin va Moskvaning Afg‘oniston baribir G‘arb davlatlari zimmasida ekanligiga ishonayotganidandir.

Yana bir holat – Xitoy va Rossiyaning afg‘on inqirozi bilan jiddiy shug‘ullanishni istamasligini va mintaqa davlatlarining bu boradagi imkoniyatlari cheklanganligini aks ettirayotgandir.