O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakillaridan iborat delegatsiya Saudiya Arabistonida bo‘lib qaytdi.
Delegatsiya karantin cheklovlari sharoitida Umra safarini tashkil qilish bo‘yicha Podshohlik muassasalari bilan muzokaralar olib borgan.
Muzokaralar natijasida COVID-19 pandemiyasi boshlanishidan avval Umra safari uchun pul to‘lab, navbatda turganlar va boshqa fuqarolar uchun tabarruk ziyoratni amalga oshirish imkoniyatlari yaratilishiga erishilgan.
Umra ziyoratlari muddatlari, qo‘shimcha to‘lov miqdori, vaksinatsiya to‘g‘risidagi maʼlumotlar tez orada maʼlum qilinadi, deyiladi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabarida.