“Novaya gazeta” bosh muharriri va Nobel mukofoti sovrindori Dmitriy Muratovning matbuot anjumaniga kirishiga ruxsat berilmagan bois, uning savolini “Exo-Moskva” muxbiri Putinga berdi.
Muratov, Putin Politkovskaya va Nemsovni o‘ldirishga buyruq berganlarning ismlarini shaxsan biladimi? deb savol yo‘llagan.
Prezident Putin bu qotilliklarni ochish uchun “hamma narsani qilganini”, “hokimiyatga tegishli buyruq va ko‘rsatmalar berganini” ham aytgan.
“Bilamizki, odamlar qamoqda, ular bajaruvchi, buyurtma berganlar tashqarida degan tahminlar ham bor, ammo tergov va tergov organlari buni hali bilmaydi. Agar rost bo‘lsa biz ularni qidirishda davom etamiz”, dedi Putin.
Rossiya hukumati muxoliflarini o‘ldirishga buyruq berganlarni qidirish va ularni topish doim juda qiyin bo‘ladi a?