“Yuventus” Pogba bilan muzokaralarni boshladi

Turin klubi Pogbani ortga qaytarish niyatida.

Qayd etilishicha, “Yuventus” “Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogbani Turinga qaytarish bo‘yicha uning agenti Mino Rayola bilan muzokarlarni boshladi.

Turinliklar yozda jamoadan ketishi kutilayotgan Miralem Pyanich hamda Adriyen Rabioning o‘rnini Pogba bilan to‘ldirishga ishonmoqda.

Pol Pogba / Foto:© Valerio Pennicino / Stringer / Getty Images Sport / Gettyimages.ru

Maʼlumot uchun, Pogba MYUga o‘tishdan oldin “Yuventus” sharafini himoya qilgan. U klub safida 178 ta o‘yinda 34 ta gol urgan.

Manba : Le10Sport