Rossiya va Xitoy tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Van Yi Qozog‘istondagi voqealarni telefon orqali muhokama qilib, mamlakatdagi voqealarga xorijiy kuchlarning taʼsiridan xavotir bildirayotgani maʼlum qilindi.
Vazirlar Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tahdid ko‘lamiga mos keladigan o‘z vaqtida choralar ko‘rganini va Qozog‘iston maʼmuriyatining mamlakatda konstitutsiyaviy tuzumni tiklash borasidagi saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaganini qayd etishgan.
Van Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining (KXSHT) Tinchlik korpusi tomonidan Qozog‘istonda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi. Van va Lavrov Shanxay hamkorlik tashkilotining Yevroosiyoda, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni taʼminlashdagi ahamiyatiga eʼtibor qaratdi.
Muzokaralar chog‘ida Lavrov, shuningdek, Vangga AQSH bilan Jenevada boshlangan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha uchrashuv, shuningdek, NATO-RF kengashi yig‘ilishi haqida maʼlumot berdi.