Yangi NeoCoV koronavirusi aniqlandi

Xitoylik olimlar SARS-CoV-2 koronavirusi bilan umumiy xususiyatlarga ega yangi NeoCoV koronavirusini aniqladilar.

NeoCoV Janubiy Afrikada ko‘rshapalaklarda aniqlangan va hozir ham bu populyatsiyada tarqalmoqda. Biroq, olimlarning  taʼkidlashicha, u mutatsiyaga uchragan yashirin potensialga ega va buning natijasida nafaqat hayvon hujayralari, balki odam organizmiga ham kirib borish qobiliyatiga ega bo‘ladi. NeoCoV MERS-CoV koronavirusining yaqin qarindoshi sanaladi. Shuningdek, yaqin Sharqdagi respirator sindromning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib, uning tarqalishi 2010 yillarda qayd etilgan. U SARS-CoV-2 bilan hujayralarga kirib borishning umumiy mexanizmiga ega.

Janubiy Afrikadan yangi koronavirus topilgani haqida xabar bergan xitoylik olimlar 2019 yil oxirida SARS-CoV-2 koronavirusini yuqtirishning birinchi holatlari aniqlangan Vuxan universitetida ishlamoqda.