AQSHdagi biznes egalarining 30% ayollardir.
Kutilmagan natija
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ko‘plab rivojlangan Yevropa mamlakatlarida tadbirkor ayollar soni juda kam.
Sabablar…
Tadqiqotchilar mamlakatda rasmiy bandlik imkoniyatlarining yo‘qligi tufayli zaruratga asoslangan tadbirkorlikni va rasmiy mehnat bozorlari yaxshi rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lgan innovatsiyalarga asoslangan tadbirkorlikni ajratib ko‘rsatishadi.
Biroq, har ikki turdagi iqtisodda ham tadbirkor ayollar faoliyati o‘rtasida katta farqlar mavjud.
Angolada ayollarning 50 foizdan ortig‘i tadbirkorlik bilan shug‘ullangan bo‘lsa (erkaklarga qaraganda biroz yuqoriroq), Misr (5,4 foiz) yoki Marokash (4,5 foiz) kabi kam daromadli mamlakatlarda tadbirkor ayollar soni kamroq bo‘lgan … Bu yerda erkaklar ko‘proq tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqlangan (taxminan 10-17%).
O‘zbekistondachi?
Ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning sof daromadi qariyb 2 trln. so‘mga oshgan.
2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 15,7 trln. so‘mni tashkil etgan.
Maʼlumot uchun: ayol rahbarlar boshqaruvida 36 295 ta kichik korxona va mikrofirmalar mavjud.