“RIA Novosti” nashri maʼlum qilishicha, AQSHda xorijda jangovar tajribaga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilarini yollash haqidagi xabar eʼlon qilingan.
Xabarda, “Mutaxassislar zudlik bilan talab qilinadi”, ish joyi – Ukraina. Vazifalar orasida “odamlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha yashirin operatsiyalar” bor, deyilgan eʼlonda. To‘lov kuniga 1 ming dollardan 2 ming dollargacha, deb yozilgan.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi xorijlik yollanma askarlarning Ukrainadagi joylashuvini bilishini, ularga maqsadli zarbalar berilishi, yollanma askarlarga rahm-shafqat bo‘lmasligini maʼlum qilgan edi.
Maʼlum tomonlar kurashida Ukraina yeri urush maydoniga aylangani kun sayin oydinlashib bormoqda.