Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasida harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘mondonligi maʼlumotlariga ko‘ra, “Harbi Maydan”  poligonida boshlangan mashg‘ulotlarga mingdan ortiq harbiy xizmatchi va 300 ga yaqin harbiy texnika, jumladan, vertolyotlar jalb etilgan.

Uch bosqichli mashg‘ulotlarning birinchi bosqichida jangchilar noqonuniy qurolli tuzilmalarni aniqlashi va ularni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyani ishlab chiqishi kerak. Mashg‘ulotlar doirasida sabotaj-razvedka guruhlari hujumlarini qaytarish va dushmanga qarshi kurashish ko‘nikmalari ishlab chiqiladi.

Yakuniy bosqichda harbiy xizmatchilarning jangovar va mudofaa manevrlari, shuningdek, ularning taktik harakatlari, razvedka va hujumkorlik mahorati sinovdan o‘tkaziladi. Mashqlar 18 martga qadar davom etadi

Rossiya va Tojikiston o‘rtasida Dushanbe va Boxtardagi harbiy bazalarni ishlatish bo‘yicha kelishuv 2042 yilgacha tuzilgan. Bazada 7000 nafardan ortiq rossiyalik harbiy xizmatchilar joylashgan.

Markaziy Osiyo hali ham Rossiya eʼtibor markazida ekanligini yana bir namoyish etish uchun navbatdagi “yurish”.