Zelenskiy Kiyevning NATOga aʼzo bo‘la olmasligi haqida

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevning NATOga aʼzo bo‘la olmasligini tan olish kerakligini aytdi. 

“Ukraina NATOga aʼzo bo‘la olmasligi aniq. Biz buni tushunamiz, biz adekvat odamlarmiz. Ko‘p yillar davomida biz go‘yoki ochiq eshiklar haqida eshitganmiz, lekin u yerga kira olmasligimizni ham eshitganmiz. Bu haqiqat va buni tan olish kerak”, degan u Birlashgan ekspeditsiya kuchlari davlatlari rahbarlarining uchrashuvida. 

Ukraina Prezidentining taʼkidlashicha, Kiyevga G‘arb davlatlari bilan hamkorlikning yangi formatlari va alohida xavfsizlik kafolatlari kerak. 

“Bizga o‘zaro hamkorlikning yangi formatlari, yangi qatʼiyat zarurligini taʼkidlaymiz va agar biz [NATOning] ochiq eshiklariga kira olmasak, unda qo‘limizdan kelgan va bizga yordam beradigan, himoya qiladigan jamiyatlar bilan ishlashimiz kerak, masalan, sizniki kabi. Va alohida kafolatlarga ega bo‘lish uchun biz o‘zimizga, demak, siz uchun ham ishonchli kafolatlarga ega bo‘lishni istardik”, degan u.