Bugun Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish bo‘yicha loyiha o‘z ishini boshladi

Maʼlumki, bugungi kunda dunyo aholisining qiynab turgan dolzarb muammo bu isteʼmolga yaroqli suv miqdorining kamayib borayotganidir. BMT bergan maʼlumotlariga ko‘ra, agarda dunyo miqyosida kerakli choralar ko‘rilmasa, 2050 yilga kelib qariyb 5 milliarddan ortiq odam suv muammosiga duch keladi.

📊Olimlarning tahlillari bo‘yicha, 2040 yilga kelib eng kuchli suv tanqisligi, Shimoliy Afrika qitʼasida kuzatilishi bilan birga, ayni paytda Markaziy va Janubiy Osiyo ham suv tanqisligining eng yuqori darajasiga ega mintaqalar toifasiga kiradi.

Jahon Resurslari instituti bashoratlariga ko‘ra 2040 yilgacha mo‘ljallangan prognozlariga ko‘ra, suv muammosining ko‘lami yana-da kengayishi kutilmoqda.

Shu bois, suv  rususrlaridan unumli foydalanish hamda uni to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha aholini va tashkilotlar vakillarini o‘qitish ayni mudoaligini vaqt ko‘rsatmoqda.

Suv xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazining vakillari, xalqaro ekspertlar, davlat tashkilotlari va Ilmiy Tadqiqot Institutlari vakillari hamda ITXB va TIB rahbarlari va vakillari ishtirokida Yevropa Ittifoqining granti doirasidagi “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. II bosqich” loyihasining “Qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish va diversifikatsiyalashni qo‘llab-quvvatlash hamda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish” B-komponenti taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

✅Loyihaning maqsadi – sug‘oriladigan dehqonchilikni barqaror rivojlantirishni taʼminlash va Farg‘ona vodiysining uchta subloyihasi: “Isfayram—Shohimardon” (54 375 ga), “Podshaota-Chodak” (29 507 ga) va “Savay-Akburasoy” (19 740 ga) irrigatsiya tizimlarida suv va yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek Suv xo‘jaligi va Qishloq xo‘jaligi vazirliklarini zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar bilan taʼminlash, kelajakda suv tanqisligini oldini olish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining yuqori hosildorligi va oziq ovqat xavfsizligini taʼminlash kabi vazifalar kiradi.

❇️Seminar ishtirokchilari bilan o‘tkaziladigan treninglarda davlat rahbari tomonidan tasdiqlangan 2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasining suv xo‘jaligini rivojlantirish Konsepsiyasida belgilangan suv resurslarini boshqarish tizimidagi innovatsion yechimlar va tajriba maydonlarining foydasi, bog‘ va tokzorlarda bahorgi mavsumiy agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, ichki xo‘jalik kanallaridan samarali foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish borasida fermer xo‘jaliklari va klasterlar ishchilarining institutsional bilimlarini oshirish masalalari muhokama qilinadi.

🔰Loyiha haqida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 sentyabrdagi №PQ-3282 – sonli Qaroriga asosan “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. II-bosqich” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.

Ushbu loyiha doirasida 2022 yil yanvardan 2024 yil martgacha “Qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish va diversifikatsiyalashni qo‘llab-quvvatlash hamda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish” trening dasturini o‘z ichiga oluvchi loyihaning B komponentini “Annexure Financial Solutions Limited” (Gonkong) / “SMEC International Pty Limited” (Avstraliya) kompaniyalari konsorsiumi amalga oshirib kelmoqda. Loyihaning qiymati 2,7 million dollarga baholanmoqda.