“Chegarasiz reportyorlar” xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan tuziladigan So‘z erkinligi indeksining 2022 yilgi reytingida O‘zbekiston o‘z ko‘rsatkichlarini birdan 24 pozitsiyaga yaxshilab, 157-o‘rindan 133-o‘ringa ko‘tarildi.
Qo‘shni mamlakatlar reytingda quyidagi o‘rinlarda Qirg‘iziston 72, Qozog‘iston 122, Tojikiston 152, Afg‘oniston 156, Turkmaniston 177.
Jurnalistlar 2022 yilda Skandinaviya mamlakatlari – Norvegiya (1-o‘rin), Daniya (2-o‘rin) va Shvetsiya (3-o‘rin)da o‘zlarini erkin his qilmoqda. Kuchli o‘ntalikka sobiq ittifoq tarkibiga kirgan ikki davlat – Estoniya (4-o‘rin) va Litva (9-o‘rin) kirdi. Reytingning so‘nggi uch pog‘onasini Eron, Eritreya va Shimoliy Koreya egallagan.
O‘z targ‘iboti bilan mashhur bo‘lgan Rossiya reytingda 155-o‘rinni egallagan.