Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi import va eksport tovarlar turi oshmoqda

Afg‘onistonning Balx viloyati portidan eksport hajmi so‘nggi oylarda 82 foizga oshgani aytilmoqda.

Afg‘on savdogarlari va mahalliy rasmiylarga ko‘ra, Afg‘onistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh Balx viloyatidagi Hayraton porti orqali o‘tadigan import va eksport hajmi 10 oylik pasayishdan so‘ng yana ko‘tarila boshlagan.

Hayraton porti bosh direktori Abdul Sattor Rashidning maʼlum qilishicha, har kuni O‘zbekistondan keluvchi turli mahsulotlar ortilgan 120 dan 140 tagacha temiryo‘l vagonlarini import qilinmoqda.

Afg‘onistondan O‘zbekistonga gilam, qizilmiya, tabiiy o‘tlar, quritilgan meva va yong‘oqlar, bodom, kedr yong‘og‘i va mayiz hamda turli sabzavotlar eksport qilanadi. Afg‘onistonga O‘zbekistondan esa un, guruch va yog‘ kabi oziq-ovqat mahsulotlari, armatura va boshqa zaruriy mahsulotlari import qilinmoqda.

«Afg‘on savdogarlari har kuni chegaradan to‘rt-beshta yuk mashinasida mahsulotlar olib o‘tishadi, ular uchun bojlar bekor qilingan», dedi Hayraton porti bosh direktori. «Eksport hajmini yana-da oshirishga harakat qilyapmiz.»

Maʼlum qilinishicha, Hayraton portida tijorat tovarlarining kunlik import-eksportiga hech qanday cheklovlar yo‘q.

«O‘tgan yil avgust oyidan beri biz Hayraton porti orqali 640 ming tonnadan ortiq kartoshka, piyoz, qizilmiya, gilamlar, kunjut, zig‘ir urug‘i, paxta va jonivorlar terisini eksport qildik», deydi Balx savdo va sanoat boshqarmasi qoshidagi sanoat parklari bo‘limi rahbari Sher Ahmad Sipohizoda.

Import va eksport bilan bog‘liq muammolar hal etildi. Biroq, «pul o‘tkazish va savdogarlarga o‘z vaqtida viza berish» muammosi saqlanib qolmoqda.

Afg‘onistonlik savdogarlarga viza berish masalasi jiddiy muammo bo‘lganini va ko‘plab savdogarlar sirtdan bitimlar tuzishga majbur bo‘lgani uchun katta ziyon ko‘rayotgani aytilmoqda.