Polsha hukumati O‘zbekistondan ishchilarni jalb qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Gap shundaki, Polsha fermalarida ishchi kuchi yetishmasligi tufayli rezavor mevalar dalaning o‘zida chirib ketyapti.

“Vaziyat jiddiy. Birinchi navbatda, yuk mashinasi, traktor xaydaydigan yoki o‘g‘it sepish kabi ishlarni o‘z zimmasiga oladigan ishchilar yetishmayapti”, – deydi Polsha Meva yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi prezidenti va parlament aʼzosi Miroslav Malishevskiy Radio Plus efiriga bergan intervyusida.

Sabab – o‘tgan mavsumda rezavorlar terimida qatnashgan erkaklar, yaʼni ukrainaliklar, ayni paytda Ukrainadan chiqib ketolmayapti. Polsha hukumati O‘zbekistondan ishchilarni jalb qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Muammo shundaki, Ukraina fuqarolari uchun viza talab qilinmasdi, O‘zbekistonliklar uchun esa viza kerak bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham Polshada pandemiya sababli chegaralar yopilib, rezavor mevalarni yig‘ish muammo bo‘lgandi.