Video o‘yinlarga moyil bo‘lganlar soni 3 milliard nafardan oshdi

2020 yil ko‘p jihatlari bilan esda qolarli bo‘ldi. Olimlar tomonidan pandemiya davrida insonlarning o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishi va bunga moslashuvi o‘rganildi va ko‘plab tadqiqotlar olib borildi. Shunday tadqiqotlardan biri o‘yin bozorini tahlil qiluvchi DFC Intelligence tashkiloti tomonidan o‘tkazildi: Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, dunyoda jami 3,1 milliard kishi video yoki boshqa shakldagi o‘yinlarga odatlanib qolgan. Jahon aholisining 8 milliardga yaqinligini hisobga olsak, o‘yinlar sayyora aholisining 40 foizini doimiy ravishda qamrab olgan.

DFC Intelligence shuningdek, mintaqalar va platformalar bo‘yicha aniq raqamlarni eʼlon qildi. Tadqiqotga ko‘ra, 1,5 milliard kishi (48%) o‘yinlarni kompyuter orqali o‘ynaydi, mobil o‘yinlar esa eng tez o‘sayotgan segment hisoblanadi. Tahlillarga ko‘ra, geymerlarning yarmi smartfon foydalanuvchilaridir.

Shu bilan birga, atigi 250 million kishi (8%) konsol (pristavka) o‘yinchilari hisoblanadilar va ular eng yaxshi (foydali) to‘lovchi deb tan olinganlar.

DFC Intelligence shuningdek o‘yinlar bozorini mintaqalar bo‘yicha tahlil qilib chiqdi. Video o‘yinlarga moyil bo‘lgan insonlarning aksariyati Osiyoda yashaydilar: u yerda geymerlarning umumiy soni 1,42 milliard kishi. Yevropada 668 million, Lotin Amerikasida 383 million, Shimoliy Amerikada 261 million geymer bor. Shuningdek, mobil platformalardagi o‘yinchilar soni bo‘yicha yana Osiyo (53%) birinchilikda, keyin Yevropa (17%), Lotin Amerikasi (11%), Afrika qitʼasi mamlakatlari (7%) va Shimoliy Amerika (4%).

Avgust oyida Buyuk Britaniyaning milliy savodxonlik jamg‘armasi o‘yin bozorida o‘z tadqiqotlarini o‘tkazdi. Olimlar o‘yinlar o‘smirlarda o‘qish qobiliyati, shuningdek ijodkorlik, ijobiy fikrlash, hamdardlik va aqliy farovonlikni yaxshilaydi, degan xulosaga kelishdi.

Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan so‘rovnomada 11 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 4626 o‘spirin ishtirok etgan.

Xulosaga esa quyidagicha: Video o‘yinlarning afzalliklari haqida ko‘proq dalillar keltirilgan: o‘yin o‘smirlarni o‘qishga undaydi va hissiyotlarni rivojlantiradi.

Qisqacha aytganda: o‘smirlarning 79 foizi o‘yinlar bilan bog‘liq matnli materiallarni o‘qiydilar, 35 foizi video o‘yinlar ularga o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berganini qayd etganlar. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 63 foizi esa o‘yinlar to‘g‘risida do‘stlari bilan yozishishlarini va fikrlarini bayon etishlarini shu bilan muloqatga kirishishlari yengillashganini bildirganlar. Tadqiqotda kattalar ham ishtirok etishdi: masalan, so‘rovda qatnashgan ota-onalarning 60 foizi pandemiya davrida bolasining ahvoli yaxshilanganini qayd etgan.

Video o‘yinlar ayniqsa, pandemiya davrida juda ommalashib mazkur yo‘nalishdagi yangiliklar uchun to‘xtovsiz sarmoyalar jalb etilmoqda. Birgina avgust oyida milliarder R.Abramovich hamkorlari bilan birgalikda video o‘yinlar uchun 20$ million ajratgani maʼlum bo‘ldi.

Bizda ham yoshlarning fikrlashga va murakkab fanlarni oson o‘zlashtirishlari uchun yordam bera oladigan o‘yinlar ommalashishiga umid qilib qolamiz!

Balki sizda boshqacha takliflar bordur?!