Kamoliddin Rabbimov 1999—2002-yillarda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi aspiranturasida oʻqigan. 2000—2001-yillarda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ilmiy tadqiqotchi, 2001—2004-yillar „Ijtimoiy fikr“ sotsiologik tadqiqotlar markazida ilmiy tadqiqotchi, 2004—2005-yillarda Fuqarolik jamiyatini oʻrganish institutida katta ilmiy xodim vazifalarida ishlagan. 2007—2021-yillarda Fransiyada yashagan.
O‘zbekistonda qachon yangi partiyalar ro‘yxatga olinadi?
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov:
Adliya vaziri Akbar Toshqulov “yangi siyosiy partiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun, 20 ming imzo ko‘p emas” deb aytibdi. Yana, “tasavvur qiling, har o‘n mingta yoki besh mingta odam partiya ochaversa, nechta partiya bo‘lib ketadi?!” degan.
Adliya vazirining pozitsiyasi – to‘liq avtoritar. O‘zbekistonda, mana o‘ttiz yildirki, rasman besh partiyali, de-fakto, bir partiyali tizim. Bir partiyali deyishimni sababi, partiyalar o‘zaro ham kurashmaydi, hukumatni-ku umuman tergay olmaydi.
Har bitta siyosiy tizimning fundamental falsafasi bo‘ladi. Partiyalarning ko‘p va faol bo‘lishi – xalq davlatni, parlamentni va ijroiya hokimiyatini boshqarmoqda degani. Partiyalar tuzish qiyinlashtirilganmi, demak, bu yerda eng asosiy demokratik mexanizm ishlamayapti. Demokratik qoidagi ko‘ra, xalq o‘zi istagan partiyalarni tuzadi va hech qanday to‘siqlarsiz, o‘zining g‘oya va dasturlarini saylovga qo‘yadi, va ovoz ololsa, hokimiyatga aylanadi.
Qo‘shni Qozog‘istonda, partiya ochish uchun, imzolar soni 20 mingdan 5 mingga tushirildi. O‘tgan uch yil ichida 18ta yangi partiya loyihasi Qozog‘iston Adliya vazirligiga murojaat qildi. Ulardan baʼzilari ro‘yxatdan o‘tib, parlamentga kirdi.
Aholisi ikki baravar ko‘p bo‘lgan O‘zbekistonda esa, hattoki 2016 yildan keyin ham biron bir partiya loyihasi ro‘yxatdan o‘ta olmadi. Yana o‘sha 20 minglik baryerni oqlash ketmoqda. Yana, jamiyatni ayblash ham bor… Xalq irodasidan qo‘rqish, hali ham saqlanib qolayapti. Aslida, jamiyat manfaatlarini qondirish orqali ham liderlikni saqlab, mustahkamlab borilsa bo‘lardi…
