Qoraqalpogʻistonda agrar transformatsiya qanday o’tdi?

Qoraqalpog’iston Respublikasining 16 ta tumanida seminarlar yakunlandi.

2 000 ga yaqin yoshlarni qamrab olgan seminarlarni agrobiznesda ulkan tajribaga ega mutaxassislar o’tkazdilar. Seminarlarda sohada trendda bo’lgan biznes g’oyalar mulohaza qilindi va o’rganildi. O’z fikrlari bilan bo’lishishni istagan yoshlar bilan videolavhalar tayyorlandi.

Bu yoshlarga nima foyda keltiradi?

“Agro Transformatsiya” bu agrar sohada bugungi kundagi standartlarga xos uslublarni qo’llagan holda faoliyat yaratishga yo’ldosh bo’lish. Buning asosiy prinsipi Sizni kutishga emas, tashabbuskor bo’lishga, samaradorlikga va barqarorlikga chorlaydi.

Keyingi manzil Xorazm viloyati, bilmadim eshitmadim demang!

Agro biznesda faoliyatingizni boshlamoqchimisiz?

Biznes g’oyangizni hozirlab, seminar-treninglarda qatnashing!