Qozog‘istonda SIYOSIY ISLOHOTLAR mavzusidagi mitingini o‘tkazilishi rad etildi

Gap shundaki, 5 oktyabr kuni huquq himoyachisi, «Liberty» jamoat fondi prezidenti Galym Ageleuovning bildirishicha, u va uning huquq himoyachisi Baxitjan Toregojina “Siyosiy islohotlar zarurligi va siyosiy sabablarga ko‘ra taʼqiblarni tugatish to‘g‘risida”gi miting o‘tkazish to‘g‘risida Olmaota hokimligiga xabarnoma yuborgan. Biroq, bugun Toregojina o‘zining Facebookdagi sahifasida hokimlikdan rad javobini olganligini va bunga sabab qilib, mitingda “Ijtimoiy rivojlanish bo‘limi (DSK) va “Kөshe partiyasi” (“Ko‘cha partiyasi”) faollari ishtirok etishi mumkinligi hamda ular jamoat tartibiga “tahdid” bo‘lishi mumkin deya sabab ko‘rsatilgan.

Shuningdek, sahifada, tashkilotchilar sifatida miting o‘tkaziladigan joy, vaqt va sanani yozilmaganligi, shunga qaramay rasmiylar tomonidan tartibsizliklar kelib chiqishi sabab qilib ko‘rsatilganligi aytilgan. Miting tashkilotchilarinig esa eʼtirozlari “Kechirasiz, agar siz tartibsizliklardan qo‘rqsangiz, unda nega biz politsiyani ushlab turamiz“, – deb yozib qoldirgan Toregojina. (Biroq, xatda ko‘rinib turibriki, ko‘rsatilgan vaqti joyi)

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda qabul qilingan tinch yig‘ilishlar to‘g‘risidagi yangi qonun hukumatdan mustaqil bo‘lgan huquq himoyachilari tomonidan faol tanqidga uchragan bo‘lsa, Qozog‘iston prezidenti maslahatchisi Yerlan Karin, aksincha, bu “siyosiy jarayonlarni liberallashtirishda jiddiy yutuq” ekanligini taʼkidlagan edi.

P.S. Qirg‘izistondagi ommaviy namoyishlar va tartibsizliklardan so‘ng Markaziy Osiyo davlatlarida “ilhom”langan mitinglarni o‘tkazilishiga mana shunday sabablarni ko‘rsatilishi va oldini olishi “tiyib” turilishi to‘g‘ri deb baholanadi.