Iqlim o‘zgarishi barcha tovarlar va materiallarni qayta ixtiro qilish imkonini beradi.
BlackRock investitsiya kompaniyasi raisi Larri Fink iqlim o‘zgarishida yangi biznes uchun ulkan imkoniyatlarni bashorat qilmoqda.
“Men ishonamanki, bozor qiymati 1 milliard dollar va undan yuqori bo‘lgan keyingi 1000 ta xususiy texnologik startaplar qidiruv tizimlari, media kompaniyalar emas, balki yashil vodorod, yashil qishloq xo‘jaligi, yashil po‘lat va yashil sementni rivojlantiruvchi korxonalar bo‘ladi”, dedi u. L.Fink Saudiya Arabistoni poytaxtida Yaqin Sharq yashil tashabbusi sammitidagi nutqida.
Moliyachining fikricha, iqlim o‘zgarishi biznes imkoniyatidir chunki, tadbirkorlar deyarli har bir segmentni qayta ixtiro qilishga majbur bo‘ladi.