Facebook Papers: Sukerberg imperiyasini nima kutmoqda?

Facebookning ichki hujjatlari bo‘yicha tekshiruvlarni eʼlon qilgan Amerika ommaviy axborot vositalari bir vaqtning o‘zida Frensis Xaugen tomonidan aytilgan har bir gapini, keng ko‘lamda sizdirilgan materiallar kabi yoritib bordi.

Facebook Papers tekshiruvi kompaniya va Sukerbergning imijiga taʼsir qilmadi.

Facebook uchun ikkita eng muhim toifa – investorlar va reklama beruvchilar platformani tark etmadi.

Kuzatuvlarga qaraganda taxminan yiliga bir marta Facebook «axboriy bo‘ronlar» tashkil etib turadi, birozdan keyin esa hammasi joyiga qaytadi.

Yana bir qiziqarli fakt: joriy yilning ikkinchi choragida kompaniya 29 milliard dollar daromad oldi, bu o‘tgan yilga nisbatan 56 foizga ko‘pdir.