Shaxsiy maʼlumotlarni mahalliylashtirish choralari dunyo bo‘yicha qanday joriy etilgan?

Xitoyda mahalliylashtirish choralari bank, sug‘urta, transport va hatto genetik maʼlumotni o‘z ichiga olgan ko‘plab sohalarga qaratilgan.

Hindiston Markaziy banki “doimiy monitoring va kuzatuv” zarurligini taʼkidlab, barcha to‘lov maʼlumotlarini Hindistonda saqlashni talab qiladi.

2016 yilda Rossiya hukumati telekommunikatsiya va internet kompaniyalaridan foydalanuvchilarning maʼlumotlarini (shu jumladan matnli xabarlarni) nusxalarni 3 yil davomida saqlashni ham talab qila boshladi. Ushbu maʼlumotlar so‘rov bo‘yicha rasmiylarga taqdim etilishi kerak.