Mutaxassislar XXI asrda dunyo mamlakatlari o‘z konstitutsiyalarini qanday o‘zgartirgani haqida so‘zlab berishdi
XXI asrda dunyoning 57 ta davlati yangi Konstitutsiyani qabul qilgan. Taʼkidlash lozim, ularning baʼzilarida, masalan, Kongo, Serbiya va Chernogoriyada mamlakatning asosiy qonuni ikki marta, Qirg‘izistonda esa uch marta o‘zgartirildi.Shu bilan birga, XXI asrda davlatlar Konstitutsiyasiga 785 marta o‘zgartirishlar kiritishni ko‘rib chiqqanligi kuzatilgan. Dunyodagi 95 ta eng eʼtiborga molik konstitutsiyaviy islohotlardan 86 tasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan, dunyoning qolgan 9 ta davlatida asosiy qonunni o‘zgartirish tashabbuslari siyosiy muammolar va siyosiy elitaning bir qismining qarshiligiga duch kelgan. Bu haqda Kremlga yaqin joylashgan Ijtimoiy tadqiqotlar ekspert instituti tadqiqotida maʼlum qilingan.
Mutaxassislarning fikricha, Meksika, Yangi Zelandiya, Braziliya, Shveysariya, Avstriya, Isroil, Chili, Kolumbiya, Gruziya va Hindiston so‘nggi 19 yil ichida konstitutsiyaga o‘zgartirishlar eng ko‘p qabul qilingan 10 ta davlat qatoriga kiradi. Dunyodagi eng qadimgi Konstitutsiyalardan baʼzilari 1814 yildagi Gollandiya va Norvegiya konstitutsiyalari hisoblanib, Norvegiya Konstitutsiyasiga 200 martadan ortiq, Gollandiya Konstitutsiyasiga esa 24 marta o‘zgartirish kiritilgan. O‘tgan asrning 90 yillarida qabul qilingan ko‘plab konstitutsiyalar allaqachon bir necha o‘zgarishlar davrlarini boshidan kechirgan. Masalan, Shveysariyaning 1999 yilgi Konstitutsiyasiga 10 marta, Belgiyaning 1994 yilgi Konstitutsiyasiga 12 marta, Germaniya Federativ Respublikasining 1990 yildan keyingi Konstitutsiyasiga 146 ta moddadan 100ta moddasi o‘zgartirilgan. “Dunyoda, ayniqsa, so‘nggi yigirma yil ichida o‘zgarishlarga uchramagan deyarli birorta konstitutsiya qolmadi.
Mutaxassislarning fikricha, mamlakatlar jamiyatning zamonaviy ehtiyojlarini qondirish, inson huquqlarini kengaytirish, turli qonunlarni amalga oshirish kafolatlarini birlashtirish maqsadida o‘z Konstitutsiyalarini yangilamoqda. Ijtimoiy huquqlar, milliy birlik va o‘zlikni mustahkamlash, fuqarolarning suvereniteti va manfaatlarini himoya qilish, hududlarni rivojlantirish hamda fuqarolarning qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, “Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishning “eng yaxshi namunasi” yo‘q”. Biroq, barcha mamlakatlarda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar, albatta, parlament tomonidan ko‘rib chiqiladi. “Federativ shtatlar haqida gap ketganda, Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishda federatsiya subyektlari manfaatlarini hisobga olish kerak”. Shuningdek, unda “Dunyoda konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida juda kam uchraydigan tartib bu o‘zgartishlarning konstitutsiyaga muvofiqligini oldindan ko‘rib chiqish” ekanligi taʼkidlangan. Shunday qilib, Konstitutsiyaviy sud Avstriya, Bolgariya, Ruminiya va bir qator sobiq Sovet respublikalaridagi o‘zgarishlar jarayonida ishtirok etadi.
Hisobotda aytilishicha, “fuqarolarning referendum yoki umumxalq ovoz berish yo‘li bilan konstitutsiyaga o‘zgartirishlarni qabul qilishda ishtirok etishi, agar yangi konstitutsiya haqida aytilmasa, juda kam qo‘llaniladi”. Dunyoning baʼzi mamlakatlarida, masalan, Italiya va Yaponiyada, agar tashabbus parlamentda zarur konstitutsiyaviy ko‘pchilikni ololmagan bo‘lsa, u umumxalq ovoziga qo‘yiladi.
2021 yil 25 iyun kuni Rossiyada Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish bo‘lib o‘tdi va u olti kun davom etdi, asosiy ovoz berish kuni – 1 iyul kuni etib belgilandi. V.Putin 14 mart kuni Davlat Dumasi va Federatsiya Kengashi tomonidan Konstitutsiyaga bir necha o‘nlab tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ikki kundan keyin hujjat Konstitutsiyaviy sud tomonidan tasdiqlandi. Asosiy tuzatish Putinga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yish va 2036 yilgacha hokimiyatda qolish imkonini beradi.
Biz tarixda ko‘p narsalarga guvoh bo‘lganmiz. Kerak bo‘lsa o‘sha jahondagi eng yirik davlat rahbari ham bizdan namuna olganligini ko‘plab mutaxassislar taʼkidlashgan. Ikkinchi fasl boshlandi. Endi nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Albatta yangiliklar bo‘lishi ehtimoli juda katta.