Vazirlar Mahkamasi mamlakat aholisi va uy-joy fondini umumiy ro‘yxatga olish sanasi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Uni o‘tkazish shartlari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan.
Respublikaning chekka hududlarida aholini ro‘yxatga olish 2022 yil 23 apreldan 2 mayga qadar o‘tkaziladi. Qolgan hududlarda esa 2022 yil 25 martdan 3 aprelgacha.
Aholini va uy-joy fondini ro‘yxatga olishda Qirg‘izistonning barcha fuqarolari, mamlakat hududida doimiy yashovchi yoki vaqtincha bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish vaqtida vaqtincha bo‘lmagan qirg‘izistonliklar ro‘yxatga olinadi. Bundan tashqari, ular mamlakat hududida joylashgan barcha turar-joy binolarini ro‘yxatga olishadi.
2022 yil 31 dekabrgacha aholini ro‘yxatga olish munosabati bilan aholi punktlari va ko‘chalar nomlarini o‘zgartirish jarayoni to‘xtatildi.
Eslatib o‘tamiz, aholini umumiy ro‘yxatga olish o‘tgan yili o‘tkazilishi kerak edi.